Jadidchilik va til - yozuv - imlo masalalari

Jadidchilik va til - yozuv - imlo masalalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Jadidchilik va til - yozuv - imlo masalalari - rasmi

Material tavsifi

Jadidchilik va til-yozuv-imlo masalalari Reja: XX asr boshidagi Turkistonning umumiy ijtimoiy-siyosiy ahvoli to'g'risida Chor ma'muriyatining til, yozuv va imloga nisbatan tutgan siyosati Jadidlarning til, yozuv va imlo xususidagi qarashlari Jadidlarning yozuvni almashtirish yoki yoki alfavit islohoti rejalari 20-asrga Turkiston asosiy hududlari Rossiya tomonidan ekspansiya qilingan, Turkiston hamda Cho'l general-gubernatorligi sifatida imperiya tarkibiga kiritilgan holda rus protektorati ostidagi ikki nisbiy mustaqil xonlik - Buxoro va Xiva xonliklari mavjud holda kirib keldi. Turkistonda rus hukmronligi mustahkamlanib, 19-asrning 90-yillarida chorizmning aholini ko'chirish siyosati boshlanguniga qadar o'lkada qariyb 100 foiz musulmonlar yashar edilar va aholining etnik tarkibi asosan turkiy tilli o'zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar, uyg'urlar hamda forsiy tilli tojiklardan iborat edi. Mavzumiz yozuv va imlo masalalari bilan bog'liq ekan, gapni Turkiston aholisi orasidagi savodxonlik masalasi bilan boshlagan ma'qul. Zero, yozuv va imlo savodxonlikning, savodxonlik esa ma'naviy madaniyatning asosida turuvchi belgilaridan biridir. Turkiston aholisining madaniy-ma'rifiy darajasi xususida o'tmishda chorizm va sovet tarixshunosligida turlicha qarashlar mavjud bo'lganligi ma'lum. Jumladan, 20-asr boshida Rossiyada chop etilgan Vestnik vospitaniya jurnali yerli aholi o'rtasidagi savodxonlik darajasi juda past ekanligini qayd etib, Turkiston o'lkasida yoppasiga savodxonlikka erishish uchun 4600 yil kerak, deb yozgan edi2. Sovet hokimiyati yillarida nashr etilgan adabiyotlarda esa 1917-yilgacha bo'lgan davrda Turkistonning yerli aholisi o'rtasidagi savodxonlik darajasi 2 foizdan oshmas edi, deb qayta-qayta uqtirib kelinganiga har birimiz guvohmiz3. Chor va sovet mutaxassislarining o'lkadagi savodxonlik darajasini qanday metodika bilan hisoblagani bizga qorong'u, ammo har ikki holda ham yondashuv hamda raqamlar ortidagi fikr ravshan; birinchi holda ruslar Turkistonni qo'shib olgunlariga qadar o'lka xalqlari tamoman savodsiz edi va biz shunday yovvoyi o'lkaga sivilizatsiya keltirdik, degan fikr urg'ulansa, ikkinchi holda Oktabr to'ntarishigacha mutlaqo zulmat ichida bo'lgan o'lkaga biz, bolsheviklar (kommunistlar) ma'rifat tarqatdik, shaklidagi an'anviy sovet demagogiyasi aks etadi. Xo'sh, 20-asr boshida Turkiston o'lkasida va yuqorida tilga olingan o'zbek xonliklarida savodxonlik va umuman aholining ta'lim darajasi qanday edi? Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar mintaqada tekshirilayotgan davrda aholining ta'lim darajasi metropoliya - Rossiyaning markaziy viloyatlaridan hech bir darajada past emasligini ko'rsatadi. Jumladan, bu xususda O'zbekistonlik olim P.G. Kim tomonidan aholining umumiy soni, barcha turdagi maktablar va ulardagi o'quvchilar miqdori kabi ko'rsatkichlarga asoslanib amalga oshirilgan hisob-kitoblar 20-asr boshida Rossiyada savodxonlik darajasi 21 foiz bo'lgan bo'lsa, Turkistonda bu raqam 19,55 foiz bo'lganligini isbotlaydi. Ko'rinib turibdiki, o'lkadagi savodxonlik darajasi oq va qizil imperiyalar davrida ma'lum maqsadlarni ko'zda tutgan holda ataylab pasaytirib ko'rsatib kelingan. Ayni ana shunday yondashuv amaldagi yozuv yaramasligi, uning xalq savodxonligini oshirishda qiyinchilik tug'dirishi, mazkur yozuv reaksion bir dinning quroli ekanligi va hokazo sabablarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.48 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.48 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga