Salom qadrli talabalar! Sizlar bilan bugun jahon adabiyotining yirik vakillari va ularning ijodi bilan tanishamiz! SERGEY YESENIN (1883 - 1929) Jo'shqin lirik va chinakam xalqona shoir Sergey Yesenin ijodi rus adabiyotining yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi. U sovet davri talablari quyushqoniga tushmagan va tushishni istamagan, erkatoy va tanti, ammo mislsiz iqtidorli shoir edi. Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog'ida tavallud topgan shoir umrining oxirigacha dehqon-shoir, rus qishlog'i hayoti va tabiat kuychisi bo'lib qoddi. 1924 - 25 yillarda shoir O'rta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda bo'lgan, qisqa bo'lsa-da, Toshkenda ham yashagan. Yeseninning «Fors taronalari» deb nomlangan she'rlar turkumi ana shu o'lkalarga sayohat chog'ida yaratilgan. Bu she'rlar turkumini o'zbek tiliga Erkin Vohidov o'girgan. Yeseninning «Anna Snegina» nomli mashhur poemasi Botumi shahrida yozilgan. Uning «Go'daklikdan ma'lum har odam» she'ri asosida kurashchanlik g'oyasi talqin etiladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti alg'ov-dalg'ov bo'lib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin o'zini osib qo'ygan.Shoir Moskvada dafn etilgan. Yeseninning birinchi she'riy to'plami Radunitsa 1916-yilda chop etilgan. Ilk she'riy to'plamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuyg'ularda berishni, tabiat bilan bog'liq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart bo'lmagan obrazlarni o'ylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida bo'lgan. Moskva mayxonalari (1924) va boshqa turkum she'rlarida, Qora odam (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan taraqqiyot haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin Anna Snegina (1925) dostoni hamda Sho'ro Rusi, Zamin darg'asi (1925) to'plamlarida kommuna oyoqqa turg'izayotgan Rusni anglashga harakat qilsa ham, o'zini o'tmishga aylanayotgan Rusning shoiri deb bildi. 1924-1925-yillarda Yesenin O'rta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda bo'lgan. Yesenin qisqa bo'lsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida bo'lgan. Yeseninning Fors taronalari (1924-1925) deb nomlangan she'rlar turkumi Kavkazort o'lkalarga sayohat chog'ida yaratilgan. Fors taronalari she'rlar turkumi Hofiz, Sa'diy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi. Tanlangan she'rlar, Zamin darg'asi, Lirika: she'rlar, dostonlar she'riy to'plamlari Erkin Vohidov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan. Yesenin o'limidan bir kun avval do'stiga atab she'r yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu she'rni Erkin Vohidov o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan: Rus tilida До свиданья, друг мой, до свиданья. Милый мой, ты у меня в груди. Предназначенное расставанье Обещает встречу впереди. До свиданья, друг мой, без руки, без слова, Не грусти и не печаль бровей, - В этой жизни умирать не ново, Но и ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
871.66 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
871.66 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: pptx