Mavzu: Jahon Otin Uvaysiy. Darsning maqsadi: Tarbiyaviy: O'quvchilarni Xitoy tarixini mukammal egallashga o'rgatish Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni yangi mavzu haqidagi bilimlarini oshirish. Ta'limiy:O'quvchilarga yangi mavzu haqida ma'lumot berish. Sinf:7 Adabiyot Darsning borishi: Dars turi: Yangi bilim berish Dars usuli: Kichik guruhlarda ishlash, Dars uslubi: Og'zaki Dars jihozi: darslik, boshqotirmalar , tarqatmalar, slayd Darsning rejasi: tashkilIY QISM - 3 daqiqa UYGA VAZIFA, BAHOLASH - 3 daqiqa YANGI MAVZU BAYONI - 17 daqiqa MUSTAHKAMLASH - 10 daqiqa O'TGAN MAVZU VA UY VAZIFANI SO'RASH - 7 daqiqa tashkilIY QISM O'quvchilar davomadi aniqlanadi, uyga berilgan vazifani aniqlash. She'riyat guruhi Nazm guruhi G'azalxon guruhi O'TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH YANGI MAVZU BAYONI MUSTAHKAMLASH Guruhlarga test varaqasi tarqatiladi. 1.Uvaysiy qachon ,qaerda tug'ilgan? 2.Uvaysiyning ijod namunalaridan sanab bering? 3.Ijodidan misollar keltiring? Mavzusini o'qib kelish! O'quvchilarni baholash va UYGA VAZIFA: ...
Uvaysiy jahon otin Siddiqbob qizi - Uvaysiy XUSh asr oxiri va X1X asrning 1 yarmida yashab ijod etgan iste'dodli shoiradir. Uvaysiyning faoliyati va ijodiy merosini o'rganishda adabiyotshunosligimiz ancha yutuqlarga erishdi, yangi ma'lumotlar qo'lga kiritildi. Bu sohada Olim Sharafiddinov O'zbek adabiyoti xrestomatiyasi P jild. T., 1945 yil, O'zbek she'riyati antologiyasi, 1948. Kitoblarida fikr yuritadi; O'tkir rashid Uch shoira, T., 1958; A.Qayumov. E'tibor Ibroximovalarning Uvaysiy. Devonini tuzganlar, O'z.Fan, 1959 yil; H.Razzoqov, Ulfat, ¢.Abdullaev, N.Mamatovlar Uvaysiy devonini 1963 yilda qayta tuzganlar, 1970 yilda T.Jalolovning O'zbek shoirlari kitobi vujudga keldi; A.Qayumov 1961 yilda yaratgan Qo'qon adabiy muhiti kitobida Uvaysiy haqida ma'lumot berdi. Adabiyotshunos E'tibor Ibroximova Uvaysiy haqida maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. 1961 yilda kandidat dissertatsiyasini yoqladi. Bu ishlardagi ma'lumotlar bilan birga shoira to'grisida uning avlodjlaridan bo'lgan kishilarning bergan ma'lumotlari xam muhimdir. Chunonchi, Andijon oblastining Marxamat rayonidagi Sverdlova nomli kolxoz territoriyasida hayot kechirgan Xoljon otin Abduqodirovaning o'z ota-bobolari to'grisida qilgan hikoyalari ana shunday muhim ma'lumotlardandir. Xoljon otin Uvaysiyning chevarasi bo'lib, 1965 yilda vafot etgan, u o'z avlodi haqida hikoya qilib, katta buvisi jahon otin ekanligini so'zlaydi. jahon otin (Uvaysiy) Hojixon ismli kishiga turmushga chiqqani, ularning Muhammad ismli o'gli, Quyoshxon ismli qiz ko'rganlari. Uvaysiy o'gli Muhammadning Majnun qizi Quyoshxonning Xokiy taxallusi bilan she'r yozganlarini Xoljon hikoya qilgan. Xoljon otin xiyaokchsidan ma'lum bo'lishicha, Uvaysiy va uning farzandlari, nabiralari o'tmishda zamondan jabr sitam ko'rib, juda ogir sharoitda hayot kechirganlar. Feodal xukmron doiralarning maddox shoirlari xalqning ahvolidan ko'z yumib, o'marxonni ko'klarga ko'tarib maqtab she'rla yozgan bir vaqtda, o'vaysiy she'r maydoniga zamona kulfatidan kuyganlarning bulbuli-go'yosi chiqib, fitonu nola chekkan edi: I.Haqqulov. Uvaysiy. 5-bet. Zamona kulfatidan bu ko'ngil dog o'ldi, dog o'ldi. Sharq klassiklari merosidan. Uvaysiy she'riyatidan, T., 1980 y. 94-95-betlar. T.Jalolov. 66-bet. Uvaysiy ijodi ustida tadqiqot ishlari olib borgan adabiyotshunos-olimlarimiz shoiraning Umarxon saroyiga kelib qolishi holati va uning sevimli shoiramiz Nodira bilan munosabatini, uchrashish, ular o'rtasidagi hamkorlikni turlicha izoxlaydilar. Chunonchi, O'zbek adabiyoti tarixi (avt. Kollektivi, T., 1978) kitobining Uvaysiy ijodiga doir qismini yozgan E.Ibroximova shunday yozadi: Umarxon gilon hokimi bo'lib (1800-1809), Nodiraga uylangan paytda Uvaysiy shoira sifatida tanilgan edi. Shu xam Nodiraning tashabbusi bilan ular o'rtasida do'stona aloqa o'rnatiladi. Nodira Qo'qonga quchib kelganidan keyin maxsus yerlik bilan Uvaysiyni xonlik paytaxtiga olib kelib, u bilan yaqin aloqani ta'minlashga erishadi. (159-bet). O'zbek shoiralari kitobining avtori T.Jalolov dramaturg ¢ulom Zafariyning esdaliklariga tayanib, mavjud voqelikni quyidagicha hikoya qiladi: 42-44 betlar (1). T.Jalolov ¢ulom Zafariydan Uvaysiyning jahon otunga aylanishi ya'ni uning xonimlarga murabbiylik faoliyatining mazmuni nimadan iboratligi borasida so'raganda, ¢. Afariy unga quyidagi ...