Jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

O'quvchilarga / Adabiyot
Jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif - rasmi

Material tavsifi

Jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif. Reja: Kirish. Fanning maqsad va vazifasi. Jahon xalqlari adabiyotining hududiy bo'linishlari. Jahon xalqlari adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. O'zbek adabiyotining jahon xalqlari adabiyotida tutgan o'rni va roli. G'arb va Sharq adabiyotlarining o'zaro ta'siri masalasi. G'arb va Sharq adabiyotlari o'rtasidagi adabiy aloqalar formalari. Adabiyot - so'z sa'nati. Bu ijtimoiy ong formalaridan biri bo'lib, boshqa sa'nat turlaridan o'zining ommaviyligi, tez ta'sir eta olishi, fikrlashga o'ta qulay va teranligi, uzoqqa bora olishi, milliy mafkura va milliy ongni erkin tasvirlay, ayta olishi bilan farqlanib turadi. Adabiyotning asosiy quroli so'zdir. Ana shu so'z orqali adabiyot yuqoridagi vazifalarni bekamu ko'st bajara oladi. So'zni ham naqqoshlarcha, ustalik bilan ishlata olgandagina adabiyot biror bir timsol yarata oladi, fikr ayta oladi. Jahon adabiyoti ana shunday eng noyob so'z ustalari qalamidan chiqqan badiiy asarlarning xazinasi hisoblanib, bu jarayonni tahlil qilish ushbu fan zimmasidadir. Jahon xalqlari adabiyotining asosiy maqsadi yer yuzidagi katta-kichik xalq, millat, elatlardan etishib chiqib, yuksak talant bilan asar yaratgan adabiyot kishilarining ijodini tahlil qilish, yutuqlarini belgilab berish, ma'lum bir hududdagi adabiyotlar o'rtasidagi mushtaraklikni aniqlab, jahon adabiyotida ro'y berayotgan umumiy va xususiy o'zgarishlarni qayd qilishdir. Ayni vaqtda ana shu o'zgarishlar asosida umumadabiyotning qonun-qoidalarini keltirib chiqarishga, uning taraqqiyot tendentsiyalarini belgilab olishga ham yordam berishdir. Biz ushbu fanni o'rganish jarayonida jahondagi turli xalqlarning adabiyoti, sa'nati bilan tanishamiz, ulardan etishib chiqqan yozuvchi, shoir va dramaturglar asarlarini tahlil qilish bilan jahon sivilizatsiyasining tarixi va taraqqiyot bosqichlari bilan ham tanishamiz. Ushbu fanning vazifasi ham ana shular bilan belgilanadi va biz fanni o'zlashtirish jarayonida Evroosiyo, Afrika, Amerika va boshqa hududlar adabiyotining eng namunalilarini o'qib, tahlil qilib boramiz. Jahon xalqlari adabiyoti fani umumadabiyotni o'rganishni ma'lum bir tizimga solish uchun, avvalo, uni hududlarga asoslangan holda bo'lib chiqadi. Bunday hududiy bo'linish quyidagichadir. 1. Sharq adabiyoti: Xindixitoy xalqlari adabiyoti. Yapon adabiyoti. Avstraliya, Zellandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti. O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlari adabiyoti. Kavkaz xalqlari adabiyoti. 2. G'arb adabiyoti: Yevropaxalqlari adabiyoti. Skandinaviya xalqlari adabiyoti. 3. Afrika xalqlari adabiyoti. 4. Arab xalqlari adabiyoti. 5. Amerika xalqlari adabiyoti. Ushbu hududiy bo'linishlar o'sha xalqlarning o'rnashgan joyi, etnik yaqinligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy taraqqiyot bosqichlaridagi rivojning yaqinligi bilan belgilanadi. Bu bo'linishlar o'z navbatida yana kichik-kichik qismlarga bo'linib boradiki, bu masalani keyingi mavzularda hal qilib boriladi. Masalan, O'rta Osiyo va qozog'iston xalqlari adabiyoti: o'zbek adabiyoti, qirg'iz adabiyoti, qozoq adabiyoti, tojik adabiyoti, qoraqalpoq adabiyotidan iborat. hududiy bo'linishning ilmiy afzaligi shundaki, har bir o'quvchi jahon xalqlari adabiyotini o'rganar ekan, turli-tuman millat adabiyotini bir-biri bilan adashtirib yubormaydi, ularni bir-biriga qiyoslay oladi va har bir katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.07 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.07 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga