Janriy va uslubiy izlanishlar. Reja: 1.Ijodda milliy an'analarning davomiyligi. 2.Jahon adabiyotiga xos yangicha badiiy talqinlar. 3.Janr va tasvirdagi o'ziga xos o'zgarishlar. Mustaqillik sharoitida ma'naviy-ma'rifiy hayot katta o'zgarishlarga uchradi. Badiiy adabiyotga qarash tamoyillari o'zgardi. O'zbek she'riyatida 80-yillargacha qaror topgan an'analar bu davrga kelib barcha tomonidan bir xilda qabul qilinmaydigan, rad etiladigan yoki tahrir etiladigan bo'ldi. Masalan, G'ulom Mirzo o'z she'rini (g'ayrian'anaviy tajribalar) deyarli so'zlarning omonimik xususiyatidan foydalanish asosida quradi. Tinish belgilariga ularning punktatsion funksiyasidan tashqari vazifalar ham yuklaydi. Rustam Musurmon she'riyatida esa poeziya tili oldinlari uchramaydigan sheva leksikasi va og'zaki nutq unsurlari bilan boyidi. Shoir tovushlarni orttirish, cho'zish, juftlash yoki so'zlarni bo'g'inlarga ajratib tashlash orqali she'riy ohang hosil qilishga erishadi. Baxriyor ijodida amfiboliyalar (iboraning kamida ikki ma'noda kelishi), ruhiy kechinma tasvirini istiora, metonimiya singari she'riy, san'at va ramzlarda berish, so'zlarning oxirgi bo'g'inini turlash orqali shaqliy o'zgachalikka erishish kuzatiladi. Shuning Faxriyor so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarning imkoniyatlarida keng foydalaniladi. Bahrom Ro'zimuhammad she'rlarida kayfiyatning shaklini chizishga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qilsa, Z.Mirzaeva ijodida tasavvufona kuzatishlar ustunlik qilish seziladi. 90-yillar she'riyatida ramzlar tili bilan so'zlash biror so'z yoki so'z birikmasini ko'chma ma'noda qo'llash, aniq predmetga shartli belgi yuklashda ko'ra, tagdor ramziylik imkoniyatlaridan foydalanishga ko'proq e'tibor berildi. 90-yillardagi barcha o'zbek shoirlari olam va odam munosabatini aks ettirish, ruhiyatning obyektiv borliqqa munosabatni ifodalash, siyratdagi kechinmalarni badiiy tasvirlash jarayonida milliy badiiy an'analar imkoniyatidan keng foydalanildi. 90-yillar she'riyatida ijtimoiy, siyosiy, falsafiy vazifalar yuklatilgan asarlar kamroq uchraydi. Bir vaqtlar E.Vohidov va A.Oripov ijodida qat'iy amal qilingan teng hijolikka 90-yillar she'riyati vakillari unchalik rioya yetmaganliklari kuzatiladi. Chunki bu davrga kelib she'rning shakl bilan bog'liq izlanishlari vazn, qofiya, janrlarga murojaatdagi kabi hijolar borasida ham erkin yo'l tutishni talab etadi. 90-yillar she'riyatida mumtoz nazmning chiston, ruboiy, fard va g'azal singari janrlari bilan bir qatorda, tatabbu'larda ham shoirlar o'zlariga xos asarlar yarata oldilar. M.B.Ro'zimuhammad ijodida «Qur'onga tatabbu'», «Frants Kafkaga tatabbu'» tarzida kelsa, G'.Mirzoda «Mashrabona» shaklida, Faxriyorda «Rumiyona», U.Azimda «bahshiyona». Faxriyor 90-yillar shoirlari orasida eng ko'p shaqliy izlanishlar qilgan ijodkordir. Ayrim ikkiliklarni boshqa she'rida izoh sifatida qo'llashdan tashqari Faxriyor ijodida «amfibiyalik»lar (iborani ikki ma'noda kelishi) ko'p uchraydi. Kechirmadi meni iztirob Men o'tmadim uning boshidan G'.Mirzoning so'z boshidagi harflar alliteratsiyasiga asoslangan bir she'rida konstant alliteratsiya (undosh tovushlarning uyg'unlashuvi) qisman o'zgarish bilan qo'llanilgan. Siz-dilkash, dilkusho, dilafro'z Biz-dilshod, dilovar, dilbasta. Siz-dilxush, dilnavoz va dildo'z Biz-dilxun, dilafgor, dilxasta. Holbuki, bu she'rda shaxs-son qo'shimchalarini birinchi va ikkinchi shaxslarga qo'shgan konsolant alliteratsiyani o'zgarishga uchrashdan mana bu tarzda saqlab qolish mumkin edi: Dilkashsiz, dilkusho, dilafro'z Dilshodmiz, dilovar, dilbasta Dilxushsiz, dilnavoz, dildo'zsiz Dilxunmiz, dilafgor, dilxasta ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc