Jek London - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 25-mavzu: Jahon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilasida tug'ildi. U yoshligidan ko'plab kasblar bilan mashg'ul bo'lib, hayotda turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Kaliforniya universitetida o'qiy di, oradan biroz vaqt o'tib o'qishni tashlashga majbur bo'ladi. Yozuvchining adabiy faoliyati 1893-yilda boshlangan. Butun ijodiy faoliyati davomida yigirmaga yaqin roman, yuz ellikdan ortiq hikoya yozadi. «Bo'ri bolasi», «Izg'irin bolalari» kabi asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o'lkalari to'g'risida hikoya qilinadi. «Qor qizi», «Hayot uchquni», «Insonga ishonch» kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi. Jek London qahramonlari har doim erkka intiladilar, o'z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adibning qahramonlari har qanday holatda ham insoniylikka xiyonat qilmaydi. Ayrim hikoyalarida tabiat bilan uyg'unlashib ketgan kurashchan, zahmatkash insonlarning hayoti tasvirlanadi. Yozuvchining «Dengiz bo'risi», «Martin Iden» va «Uch qalb» romani dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi. Jek London 1916-yil vafot etadi. HAYOTGA MUHABBAT (Hikoya) Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlardan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi. Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishlarini-tishlariga qo'yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko'rinib turardi - bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi. Orqalaridagi qayish bilan tortib bog'langan og'ir yuklari yelkalarini ezardi. Ikkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham bukchayib ko'zlarini yerdan uzmay borardilar. - Qani endi yashirib qo'ygan joyimizdagi o'qlardan hozir ikkitaginasi bo'lsa, - deb qo'ydi ulardan biri. Azbaroyi madorsizlikdan ovozi zaif chiqdi. U juda behafsalalik bilan gapirardi. Toshlarga urilib, ko'piklanib oqayotgan sutdek oppoq suvga endi oyoq bosgan sherigi esa unga hech narsa deb javob bermadi. Ikkinchisi ham sherigi orqasidan suvga tushdi. Suv muzdek sovuq bo'lishiga qaramay, ular oyoq kiyimlarini yechmadilar. Suv shu qadar sovuq ediki, oyoqlari barmoqlarigacha uvishib qoldi. Ba'zi joylarda suv tizzadan kelardi. Shunda suv shitob bilan urganda, ular o'zlarini tutolmay, gandiraklab ketardilar. Orqada kelayotgan yo'lovchi silliq toshga tiyg'anib ketib, yiq ilishiga oz qoldi, og'riqdan qattiq ixrab yubordi, ammo yiqilmadi. Boshi aylandi, shekilli, munkib ketib, xuddi havodan madad so'raganday, bo'sh qo'lini oldinga cho'zdi. O'zini o'nglab oldi-da, oldinga qadam bosdi, lekin yana toyib ketib, yiqilishiga sal qoldi. Shundan keyin, to'xtab o'z sherigiga qarab qo'ydi: sherigi esa orqasiga ham qaramay, hamon oldinga qarab ketmoqda edi. Orqada qolgan bir narsani o'ylagandek birpas qimirlamay turdi, keyin: - Menga qara, Bill, oyog'imni chiqarib oldim, shekilli! - deb qichqirdi. Bill oyoqlarini sudrab, sutdek oppoq suvdan kechib borardi. U orqasiga biror marta ham qayrilib qaramadi. Sherigi uning orqasidan qarab turardi. Uning yuzi avvalgidek hech narsani ifoda qilmasa-da, ko'zlarida yaralangan bug'u singari chuqur qayg'u ifodasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.73 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga