Jurnalistik faoliyatining universallashuvi

Jurnalistik faoliyatining universallashuvi

O'quvchilarga / Adabiyot
Jurnalistik faoliyatining universallashuvi - rasmi

Material tavsifi

Jurnalistik faoliyatining universallashuvi Jurnalist - asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug'ullanish bo'lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig'ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to'ldiruvchi kishi Jurnalistika - ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni to'plash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va b.) orqali tarqatish bilan shug'ullanadi. Jurnalistika ommaviy targ'ibot va tashviqot shakllaridan biri. Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qo'llanilgan. Endilikda Jurnalistika iborasi Jurnalistika faoliyati mahsulini, shu bilan bog'liq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid ta'limni va fan tarmog'ini ham anglatadi. Jurnalistika faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va b. kiradi. Axborotni to'plash, tahlil qilish va tarqatishga yo'naltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo bo'lgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir bo'layotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida ma'lum g'oyaviy-ruhiy ta'sir o'tkazish turli shakl va usullarda namoyon bo'lgan. Og'zaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma ma'lumotlar esa, maye, Qad. Misrda papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qad. Rimda e'lonlardan, qo'lyozmalardan foydalanilgan. Hozirgi davr Jurnalistikasi dastlab 17-asr boshidagi ilk davriy bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrda fotografiya hamda kinematografiyanng kashf qilinishi tufayli foto va kinojurnalistika tashkil topdi. 20-asrning 20-y.laridan e'tiboran radiotexnika yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-y.larda esa telejurnalistika maydonga keldi. E'tiboringiz uchun rahmat! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga