Juzvlar tahlili asllar tahlili

Juzvlar tahlili asllar tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Juzvlar tahlili asllar tahlili - rasmi

Material tavsifi

JUZVLAR TAHLILI, ASLLAR VA ULARNING TARKIBI Reja: 1. Juzvlar haqida ma'lumot, ularning turlari va hosil bo'lishi. 2. Asllar yoki asl ruknlar haqida ma'lumot, ularning hosil bo'lishi. 3. Juzvlar va asllarning hosil bo'lishiga doir Navoiy va Boburning fikrlari. Tayanch iboralar: juzv, sabab: sababi xafif, sababi saqiyl; vatad: vatadi majmu', vatadi mafruq; fosila: fosilai sug'ro: fosilai kubro; asllar, afoil va tafoillar, juzvlarning turli tartibda qo'shilishi, lug'aviy ma'no. I. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, juzv aruzning eng kichik bo'lagi hisoblanadi. Juzvlar arab alifbosidagi harakatli va sokin harflarning turli miqdor va tartibda kelishi yordamida hosil qilinadi. Juzvlar hajmi yoki tarkibidagi harflar miqdoriga ko'ra uch guruhga bo'linadi: 1. Sabab (arabcha qoziq) - ikki harfli juzvlar. 2. Vatad (arabcha ustunlarni bog'laydigan arqon) - uch harfli juzvlar. 3. Fosila (arabcha palos) - to'rt va undan ortiq harfli juzvlar. Mazkur juzvlarning har biri harflarning harakatli yoki sokin bo'lishiga ko'ra ikkiga bo'linadi. Demak jami olti xil juzv bor, deb aytish ham mumkin: 1. Sababi xafif (yengil sabab) - bir harakatli va bir sokin harfdan iborat. 2. Sababi saqiyl (og'ir sabab) - ikki harakatli harfdan iborat. 3. Vatadi majmu' (jamlangan vatad) - ikki harakatli va bir sokin harfdan iborat. 4. Vatadi mafruq (ajratilgan vatad) - bir harakatli, bir sokin va yana bir harakatli harfdan iborat. 5. Fosilai sug'ro (kichik fosila) - uch harakatli va bir sokin harfdan iborat. 6. Fosilai kubro (katta fosila) - to'rt harakatli va bir sokin harfdan iborat. Endi ayrim misollar tahlili orqali juzvlar nazariyasining amaliyotdagi ifodasini ko'rib o'tamiz: 1. Kam - bu so'z arab yozuvida ikki harf bilan (kof - k va mim - m) ifodalanadi. Birinchi harf harakatli (fatha - qisqa a), ikkinchisi esa sokin. Aruzshunoslikning hozirgi holatida bu so'z bitta cho'ziq hijoga teng, deb qaraladi. Aslida esa bu sababi xafif juzvidir. 2. Kishi - bu so'z ikki harakatli harf (kof - k va shin - sh)dan tashkil topgan. Harakatlar (kasra) esa qisqa i tovushini ifodalaydi. Ikki qisqa hijodan iborat bo'lgan bu so'z sababi saqiyldir. 3. Tilim - bu so'zda uchta harf (te, lom va mim) mavjud bo'lib, shundan ikkitasi harakatli (te, lom) va bittasi sokin (mim). harakatlarning ikkisi ham kasra ya'ni qisqa i. Demak bu bir qisqa va bir cho'ziq hijodan iborat vatadi majmu' juzvidir. 4. Kutma - Bu so'zda ham uchta harf (kof, te va mim) mavjud. Shundan ikkitasi harakatli (kof - zamma - u; mim - fatha - a) va bittasi sokin (te). Biroq ularning ketma-ketligi oldingi misoldagiday emas. Bunda sokin harf ikki harakatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga