Kasb-hunar kolleji va akademik litsey o'quvchilarining fuqarolik tarbiyasining shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlari Reja: KIRISH. 1 BOB. O'QUVCHI-YOSHLARDA FUQAROLIK TUYG'ULARINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK OMILLARI VA SHART-SHAROITLARI 1.1. O'quvchi-yoshlarda fuqarolik tuyg'ularini tarbiyalashning qonuniyatlari hamda tamoyillari 1.2. Fuqarolik tuyg'usini tarbiyalashga zamonaviy yondashuvlar 1.3. Fuqarolik madaniyati - fuqarolik tushunchasini tarbiyalashning muhim omili sifatida II BOB. FUQAROLIK TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI 2.1. O'quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati 2.2. Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish - fuqarolik tarbiyasining asosi UMUMIY XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI Bitiruv-mаlаkаviy ishning mаqsаdi: fuqarolik tаrbiyaning shаkl vа mеtоdlаri vа ulаrdаn фоydаlаnish юzаsidаn ilmiy mеtоdik tаvsiyalаr ishlаb chiqish Bitiruv-mаlаkаviy ishning vаziфаlаri: Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish. O'quvchi-yoshlarda fuqarolik tuyg'ularini tarbiyalash dolzarb muammo ekanligini asoslash. O'quvchi-yoshlarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirishning qonuniyatlari va tamoyillarini yoritish. Fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda mavjud imkoniyatlar, pedagogik shart-sharoitlar va zamonaviy yondashuvlarni aniqlash. I.A.Karimov ta'kidlaganidek: Odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o'zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men o'zbek farzandiman, deb, g'urur va iftixor bilan yashashiga erishish darkor. . «Fuqarolik - deb qayd etiladi falsafa qomusiy lug'atida,-kishini qaysi millatga mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga mansubligini ifodalovchi tushunchadir». Fuqarolik madaniyati - bu fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori, demokratik huquqiy tizim yetukligi sifatida, tabiat, jamiyat taraqqiyot qonuniyatlarini o'rganish va o'zlashtirish jarayonida fuqarolarning ijodiy kuch va qobiliyatlari yordamida muayyan millat, xalq, Vatan, davlatni ravnaq toptirish, uning moddiy va ma'naviy boyliklarini asrab avaylab, ko'paytirib kelajak avqlodga yetkazish hamda o'zi mamlakati, xalqi ravnaqi uchun mazkur merosdan unumli foydalanishga qaratilgan inson faoliyatining yuksak namunasi», - deb ta'riflasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo'lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi: 1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o'rgatib borish. 2. O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish. 3. O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.29 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.29 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: ppt