«Kecha» ning kompozitsion butunligi masalasiga doir Adabiyotshunos M. Qo'shjonov Cho'lpon romanini O'tgan kunlar, Mehrobdan chayon, Qutlug' qon, Sarob, Diyonat, Yulduzli tunlar kabi romanlarga qiyoslash asosida uning kompozitsion jihatdan biroz tarqoq asarligini ta'kidlaydi. Olimning fikricha, qiyos uchun olingan romanlarni badiiyat jihatidan boshqalarga saboq bo'larli qilgan muhim xususiyat shuki, ularda syujetni boshqarib boradigan, adabiyotshunoslikda bosh so'zi qo'shib aytiladigan qahramon mavjud. Bu qahramonlar yuqorida zikr etilgan asarlarning barcha qismlari, katta-kichik barcha obrazlarini, manzaralarni bir ma'no atrofida jipslashtiradi. Tahlil qilib ularga baho berishda ko'proq shu jipslashishga, birlikka e'tibor qilinadi. Bu ko'p yozuvchilarga xos san'atdir. Badiiyatning shu talabi nuqtai nazaridan Kecha va kunduzga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda biroz boshqacha manzarani ko'ramiz. Romanning boshidan oxirigacha hamma qismlarni va obrazlarini bir-biriga bog'lab turgan yagona obraz o'rni ancha zaif. Avvalo shuni aytish kerakki, M.Qo'shjonov fikrlari Kechaning qiyos uchun olingan romanlar fonida alohida ajralib turishini yana bir karra tasdiqlaydi. Biroq olimning Kecha kompozitsion jihatdan tarqoq asar, degan xulosasi, bizningcha, bahstalabdir. Zero, avvalgi bobda ko'rdikki, Kecha ning syujet qurilishida uchta obraz galma-galdan markazga chiqariladi va o'sha gal yetgan obrazga syujetni boshqarib boradigan bosh qahramon funksiyasi yuklanadi. Demak, bu o'rinda asar qismlari va katta-kichik obrazlarning jipslashishida yagona obraz o'rni zaifligi haqida emas, jipslashtirishning o'zgacha yo'li haqida gap borgani ma'qulroq bo'ladi. O'ylashimizcha, Kechaning ayni shu xil qurilishi uning janr xususiyatlari, muallifning g'oyaviy-badiiy niyatiyu uni ijro etish imkoniyatlarining cheklangani, adibning dunyoqarashiyu asar yozilgan paytdagi ahvol-ruhiyasi kabi qator omillar bilan taqozo qilingan. Fikrimizni oydinlashtirish uchun Kechani yuqorida zikr etilgan romanlar fonida ko'zdan kechirganimiz qulay ko'rinadi. Cho'lpon romanining syujet-kompozitsion qurilishiga ko'ra Mehrobdan chayonga yaqinligini aytganimizda har ikki romanda ham dramatik unsurlar salmoqdorligini e'tiborda tutgandik. Endi esa ikkala roman qurilishidagi ilgari aytilgan farqli jihatlarga yana bir muhim farqni qo'shish lozimki, bu ularning epik qamrov ko'lami bilan bog'liq farqlardir. A. Qodiriy romani markazida asosan bitta shaxs dramasi (biz Ra'no dramasi, deyishdan tiyilamiz, chunki u ixtiyorini Anvarga topshirdi: Ra'no dramasi Anvar dramasining ichki unsuriga aylanib ketdi) yotadi. Ilgari aytganimizdek romanning 45-bobiga qadar berilgan tafsilotu ko'rinishlar asosiy konflikt (Anvar va muhit ziddiyatini harakatga keltirishga, tasvirlanajak voqea-hodisalarning asoslanishiga xizmat qiladi. Ayni shu narsa, ma'lumki, adabiyotshunosligimizda Mehrobdan chayonning badiiy kamchiligi sifatida baholanadi. Xususan, adabiyotshunos A.Rahimov: Mehrobdan chayon romanidagi qahramonning tarixini keng ko'lamda berishga intilish esa yozuvchini jiddiy muvaffaqiyatsizlikka olib keldi. Ayni zamonda, xuddi shu o'rinlar romanning badiiy jihatdan eng nochor sahifalari ham bo'lib qoldi, ( deb yozadi. Albatta, romanning bu o'rinlarida ham mohir san'atkor qalami sezilib turadi. Biroq, aytish kerakki, mazkur o'rinlarni butun kontekstida olib qaralsa, A.Rahimov bergan bahosida umuman haqligini ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
452.19 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
452.19 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc