Kecha ning syujet qurilishi va uning badiiy niyat ijrosidagi roli haqida Ma'lumki, dramatik turga mansub asar ijodkorni badiiy makon va zamon bobida ancha cheklab qo'yadi. Buning sababi, tabiiyki, dramatik asarning ijro uchun mo'ljallangani bilan izohlanadi. Ijro vaqtiga sig'ish uchun asarning keskin konf-likt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujetga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois ham syujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqozo qiladi. Buning nechog'li zaruriy ekanligi tarixiy dramalar, masalan, Alisher Navoiy dramasi misolida kuzatilishi mumkin. Ma'lumingizki, mualliflar janr talabidan kelib chiqib, Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlarni uzviy davomiylikda berganlar. Hartugul, ulug' shoirning hayot yo'li bilan tanish bo'lmagan kishilar spektaklni tomosha qilganlarida voqealar orasidagi vaqt bo'shlig'ini sezmasliklari mumkin. Dramadan farqli o'laroq, agar epik asarda qahramon hayotining turli davrlaridan olingan epizodlar qalamga olinsa, ularning sabab-natija munosabatida ko'rsatilishi shart emas - unda vaqt bo'shlig'ini to'ldirish imkoniyatlari mavjud. Dramaning epos oldidagi yana bir ojiz tomoni shuki, uning syujeti asosan oldinga qarab harakatlanadi, ya'ni, retrospektiv tasvir imkoniyatlari juda kam. Yoki, agar dramatik asarga syujet voqealari kechayotgan joydan olisda, unga bevosita aloqador (ya'ni, syujet harakatiga ta'sir qiluvchi) bo'lmagan sahna kiritilsa, - butunlik tasavvuriga putur yetadi. Albatta, shunga qaramasdan dramaga ham yuqoridagicha epik elementlar kiritilishi mumkin, biroq bu holda sahna asarini qabul qilishining psixologik mexanizmlari tubdan o'zgaradi (effekt ochujdeniya-B.Brext)ki, bunday asarlar yo ommalasha olmaydi(ular elitar tomoshabin nazdidagina muvaf-faqiyat qozonishi mumkin), yo avvaldanoq sahna uchun emas ( o'qishga mo'ljallab (pyesa dlya chteniya) yaratiladi. Ayni paytda, rivoyagagina asoslangan epik asar oldida drama borliqni plastik jonlantira olishi, tomoshabinga ko'rish va eshitish imkoniyatini yarata olishi bilan beshak ustunlikka ega. Ilgari aytdikki, romanga dramaning kirib kelishi janrga xos asosiy problema (shaxs dramasi vositasida dunyoni anglash) bilan bog'liq edi. Shu bilan birga, yuqoridagi mulohazalardan ko'rinadiki, realistik romanning dramani o'ziga singdirishga intilishi reallik illyuziyasini hosil qilish uchun ham bag'oyat zarur edi. Tabiiyki, dramaning romanga kirishi ulkan badiiy-estetik samara beradi: birinchidan, romanga kirgan dramaning yuqoridagicha ojizliklari sezilmay ketadi; ikkinchidan, drama romanni eposga xos bo'lmagan kuchli jihatlar bilan boyitadi. Konkret romandagi dramatik unsurlar salmog'i, avvalo, asarda hikoya qilinayotgan voqealarning yuz berish vaqti (syujet vaqti) va ularning hikoya qilinish vaqti(kompozitsiya vaqti) nisbatiga jiddiy ta'sir qiladi. Zero, yechimga tomon intilayotgan dramatik syujet voqealarning yuz berish vaqtini tig'izlashtirsa, romanga xos epik ko'lamdorlik talabi bilan hikoya qilish vaqti cho'ziladi. E'tiborli jihati shundaki, dramatik unsurlar salmog'i ustun bo'lgan romanlarda badiiy vaqt intensiv yo'l bilan, epik unsurlar salmog'i ustun bo'lgan romanlarda ekstensiv ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
452 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
452 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc