QARSHI SHAHAR XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA tashkil ETISH BO'LIMI TASARRUFIDAGI 43-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHISI ZULFIZAR ABDIYEVANING O'QUVCHILAR BILIMIDAGI BO'SHLIQLARNI TO'LDIRISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYASI MAVZU: KECHA VA KUNDUZ QARSHI - 2015 TAQRIZ Ushbu metodik tavsiyalardan Kecha va kunduz romanini o'rganishda o'quvchilar bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirishda keng foydalanish mumkin. Kecha va kunduz romani o'zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Muallif o'z ishida asar qahramonlarining xarakterli xususiyatlari, voqealar rivojiga o'quvchilarning munosabatini shakllantirish, asarni o'rganishda o'quvchilar bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun olib borilishi lozim mashg'ulotlar, ish turlari haqida to'xtalgan. Mavzu dolzarb, keltirilgan taklif va tavsiyalar darslarda qo'llash uchun qulay. Qarshi shahar XTMFMTTE bo'limi metodisti: H.Amirqulova Mavzu: Kecha va kunduz romani o'zbek adabiyotining durdona asarlari Har yili umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar bilimini, iqtidorini aniqlash, ularni rag'batlantirish maqsadida 4 bosqichda Bilimlar bellashuvi o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar iqtidori baholanishi bilan birga ular bilimida bo'shliqlar ham aniqlanmoqda. Xususan, 9-sinf darsligida berilgan Kecha va kunduz romanini o'rganishda ham o'quvchilar bilimida bo'shliqlar aniqlanmoqda. O'qituvchilar tomonidan bu bo'shliqlarni to'ldirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbek xotin qizlari taqdiri, ayniqsa, ularning feodal tuzum sharoitidagi og'ir hayoti tasviri Cho'lponning Nonvoy qiz, Qor qo'ynida lola asarlarida tasvir etilgan. Kecha va kunduz romanida ham xotin- qizlarning fojiali taqdiri hikoya qilinadi. Roman markazida turgan Zebi obrazi o'quvchilar diqqatini tortadi. Zebi latofatli, olijanob hamda alohida iste'dod-xush ovozli qizligi bilan ajralib turadi. Baxt-saodatga, orzular ro'yobiga arzigulik qiz mavjud tuzumda hukmron bo'lgan tengsizlik qurboni bo'ladi. Hayoti fojiali kechadi. Zebi obrazi o'rganilar ekan, Zebi bosh qahramon emasligi, u o'zi bilmagan holda voqealar ta'sirida bo'lishini anglash mumkin. Zebi soddaligi, odobi, xush ovozi bilan o'quvchilarga yaqin bo'lib qoladi. Zebining xarakterli xususiyatlari haqida Kecha va kunduz yoki Oq va qora nomli diagrammani tashkil etish mumkin. O'quvchilarga Zebining fazilatlarini (oq) va uning fojiali qismatiga sabab bo'lgan kamchiliklarni (qora) doiraga joylashtirish taklif qilinadi. O'quvchilar ularning ijobiy fazilatlarini oq doiraga, kamchiliklarini qora doiraga joylashtiradilar: Oq va qora Ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar nutqini rivojlantirish borasida adabiyotning o'rni beqiyos. Yozma nutqni o'stirishning asosiy vositalaridan biri badiiy asarlar lug'ati istida muntazam ishlashdir. O'quvchilar yozma ishlarida oddiy so'z va quruq so'zlardan foydalanish bilan chegaralanib qolganlar. Chunki ular o'xshatish, sifatlash, iboralardan foydalanishni bilmaydilar. Asarni o'rganish jarayonida undagi har bir jumla, so'z va iboralarga o'quvchilar diqqatini tortish, tushunilmagan so'zlarni yozib olib izohlash muhim ahamiyatga ega. Asardagi qiyin so'zlarni o'rganish uchun lug'at ustida quyidagicha ish olib borish mumkin. Mahram - sirdosh do'st, hamdam Dekcha - kichkina qozon, qozoncha Baqqol - mayda-chuyda ro'zg'or mollari va oziq-ovqat ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.86 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.86 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc