Kichik janrlar maqol matal va topishmoq, olqishlar va qargishlar janrlar poetikasi

Kichik janrlar maqol matal va topishmoq, olqishlar va qargishlar janrlar poetikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Kichik janrlar maqol matal va topishmoq, olqishlar va qargishlar janrlar poetikasi - rasmi

Material tavsifi

Kichik janrlar: maqol, matal va topishmoq, olqishlar va qarg'ishlar janrlar poetikasi. Reja: Maqol - mantiqiy mushohada namunasi va dono gap donishmandlik mahsulidir. Topishmoq, jumboq, matal, cho'pchak deb nomlanuvchi janrdir. Maqol, topishmoq, lof janrlarining mavzu doirasi va badiiy talqini. Olqishlar va qarg'ishlar janrlar poetikasi. Ko'rgazmali o'quv qurollari, fol'klorshunos olimlarning kichik janrlarga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish. Blits so'rov, an'anaviy ma'ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. So'z san'atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo'lishi bilan yuzaga kela boshladi. Maqol - mantiqiy mushohada namunasi, odob va axloq qoidalarini jamuljam etgan dono gap. Ular qadimdan xalq donishmandligi, aql-idroki, fikr-o'ylarining ifodasi sifatida yashab kelganlar; sinalgan, turmush tasdiqidan o'tgan tushunchalarni ifodalab, unga qanot bahsh etganlar. Maqollar ta'lim-tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. U kishilarni ogohlantiradi («Birovga kulma zinhor, senga ham kulguvchilar bor»), maslahat beradi («Yo'l bilmasang yo'l so'ragin yurgandan, gap bilmasang gap so'ragin bilgandan»), tanbeh berib, tanqid qiladi («CHolni ko'rib buvam dema»), mehnatni ulug'laydi («Ishlaganning og'zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga tegar»), hajviy kulgi ostiga olib, fosh etadi («Ishtonsiz tizzasi yirtiqqa kular») va boshqalar. Ko'ramizki, maqollarda chuqur mazmun, mehnatkash ommaning donoligi, milliy an'ana, uzoq asrlik hayot tajribalari, tabiat va jamiyat hodisalari haqida fikri, bahosi, mehnat yakunlari mujassamlashgan. SHuning uchun ham maqollar uzoq umrli bo'ladi. Maqollarda har bir tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy voqealar ma'lum darajada o'z izini qoldiradi. SHuningdek, yangi-yangi maqollar yaratilib, so'z san'ati xazinasi boyiyveradi. Maqollar ko'p jihatdan matallarga o'xshasa ham, ularning har qaysisi o'ziga xos xususiyatga ega. «Temirni qizig'ida bos», «YOvni ayagan yara yer, kaltagini sara yer», «Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar», «yer yigitga ikki nomus - bir o'lim» kabilar tom ma'noli maqollar bo'lib, ularning mazmunida tugal fikr, umumiy xulosa bor. «Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi», «Tosh qattiqmi, bosh», «Ko'rgan bilan eshitgan bir emas», «Ayozxon, haddingni bil» kabilar esa matallar hisoblanadi. CHunki ularning mazmunidan umumiy xulosa, tugal fikr anglashilmaydi, balki xususiy belgining o'zigina ifodalangan. Darhaqiqat, «Temirni qizig'ida bos» maqolida faktlar jamlanib, tugal fikr, umumlashma ma'no kelib chiqqan. Nasihat, o'git hamma ishni o'z vaqtida bajarishga qaratilgan bo'lib, ma'no nihoyatda keng. «Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi» matalida esa, tugal, umumlashma ma'no yo'q, xulosa ko'rinmaydi, faqat xususiy ma'no ifodalangan, xolos. SHunday qilib, maqol chuqur va keng ma'noli, ibratomuz, tugal fikr anglatsa, matal juz'iy belgi anglatuvchi ta'sirchan nutq bezagidir. Maqollar xalq tushunchasi, hayot tajribalari, mulohazalarining umumlashma xulosasigina bo'lib qolmay, haqiqatning obrazli ifodasi, u yoki bu masala ustidan chiqarilgan hukm hamdir. Maqol hajmi ixcham, qisqa bo'lib, puxta ishlangan, keng ma'noni ifodalovchi obrazli nutq namunasidir. Biror jumla, gap shaklida kelgan maqolda ortiqcha so'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.24 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.24 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga