Kichik janrlarda qofiya (maqol va topishmoqlar misolida) mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A K I R I Sh3-5 I.BOB. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri6-8 I.1. Maqol janriga xos xususiyatlar9-17 I.2 Maqol janrida qofiyaning vazifasi18-28 II.BOB. Topishmoqlarning genizisi II.1. Topishmoqlar poetikasi29-38 II.2 Topishmoq janrida qofiya39-53 X U L O S A54-56 Foydalanilgan adabiyotlar57-58 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Folklor asarlari hozirgi yosh avlodga ildizi uzoq zamonlarga borib taqaladigan madaniyatimizni, badiiy ijod an'analarimizni, elu yurtimiz ozodligi va erki yo'lida olib borgan kurashlarimizni bilib olish barobarida vatanparvarlik va bunyodkorlik tuyg'usi ajdodlarimizga meros ekanini to'la his qilishlariga yordam beradi. Shu orqali yoshlar o'z yurtida abadiy ekanini, o'ziga xos muqaddas tarixi va betakror an'analari, milliy qadriyatlari borligini anglaydi. Shuni inobatga olib, juda qadimdan olimu shoirlar el adabiyoti namunalarini alohida to'plab o'rganishga ahamiyat qaratib kelishgan. Hatto ko'pgina ijodkorlar yaratayotgan asarlarining xalq ko'ngliga tez yetib borishini ko'zlab, folklor asarlariga xos sodda ifoda shakli va uslubdan, an'anaviy epik obraz va motivlardan, o'ynoqi va serjilo ohangdan foydalanib, betakror folklorizmlarni yaratishgan. Biz xalq og'zaki ijodidan tug'ilganimizdanoq bahramand bo'lamiz: ya'ni onalarimizning allalarini tinglab ulg'ayamiz. Keyinchalik ota-onalarimiz, bobo-buvilarmiz bizlarni sevimli ertaklar olamiga olib kiradi. Bizga topishmoq, tez aytishlar, maqol va matallarni o'rgatishadi. Xalq qo'shiqlari, dostonlar bilan tanishamiz. Xullas, hayotimizni xalq og'zaki ijodi namunalarisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham istiqlol yillarida xalq og'zaki ijodiga va uni o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchaytirildi. Shu jihatdan olganda xalq og'zaki ijodi kichik janrlarida qofiya masalasini o'rganish ishimizning dolzarbligini belgilovchi omillardan biridir. Chunki biz kundalik turmushimizda ishlatib kelayotgan maqol, va topishmoqlarning o'ziga xos xususiyatlari, ulardagi qofiya qo'llanilishini o'rganish folklorshunosligimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bitiruv malakaviy ishning obyekti va predmeti .Bitiruv malakaviy ishning obyekti sifatida O'zbek xalq maqollari va Topishmoqlar kitobi hamda xalq poetik ijodiga doir materiallar olindi. O'zbek xalq poetik ijodining kichik janrlari maqol va topishmoqlar bitiruv malakaviy ishining predmetidir. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Biz bitiruv malakaviy ishimizda xalq poetik ijodining kichik janrlaridan maqol va topishmoqdagi qofiya san'atining qo'llanilishini tahlil qilishni vazifa qilib oldik va oldimizga qo'yidagi vazifalarni belgilab oldik; - Maqol xalq poetik ijodining kichik janri ekanligi tahlillarda o'rganiladi. - Maqol janriga xos xususiyatlar maqollar misolida tadqiq etiladi. - Maqol janrida qofiyaning vazifasi alohida tahlillarda o'rganiladi. - Topishmoqlarning genizisi ya'ni ildizlari qadim - qadimga borib takalishiga e'tiborimizni qaratamiz. - Topishmoqlar poetikasi topishmoqlar misolida tahlil qilinadi. - Topishmoq janridagi qofiya san'ati misollarda tadqiq etiladi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishimizda xalq poetik ijodining kichik janrlari ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.14 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.14 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc