Ko'hna dunyo haqiqatlari. (Odil Yokubov ijodi asosida)

Ko'hna dunyo haqiqatlari. (Odil Yokubov ijodi asosida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Ko'hna dunyo haqiqatlari. (Odil Yokubov ijodi asosida) - rasmi

Material tavsifi

Ko'hna dunyo haqiqatlari. ( Odil Yoqubovijodi asosida) Hayot haqiqatini badiiy tafakkur qatlariga ko'chirishda o'ziga xos ijodiy iqtidorini namoyish eta bilgan taniqli adib Odil Yoqubov tarixiy shaxslar, ayniqsa, hukmdorlar adabiy tiplarini yaratishda tarixiy ma'lumotlar bilan badiiy to'qima uyg'unligidan samarali foydalangan. Ma'lumki, badiiy asar syujetiga asos qilib olingan voqealarning barchasi ham ayni tarixiy haqiqatlardan iborat bo'lmaydi. Adabiy tiplar badiiy qiyofasini chizishda yozuvchi o'zining tafakkur xazinasida mavjud bo'lgan poetik detallarni ishlatadi: o'zini o'ylantirgan, uzoq xayollarga toldirgan kechinmalarini o'z qahramonlari ruhiyatiga singdirib yuboradi. Ana shu ijodiy jarayon bevosita badiiy to'qimaning estetik imkoniyatlari doirasida ro'y beradi. Odil Yoqubovning romanchilik sifatidagi o'ziga xosligi shundaki, u o'z tarixiy romanlarining qahramonlari talqiniga o'sha davr ruhini keng ko'lamli tarixiy haqiqatlar mohiyatini singdirib yubora oladi. Badiiy asar qahramonlarining epik faoliyatida mujassamlashgan davr haqiqati yozuvchi yashayotgan zamon ruhiyati va ijtimoiy dardlari bilan uyg'unlashib ketadi. Bunday fazilat faqat Ulug'bek xazinasi romanidagina emas, balki Ko'hna dunyo romanida ham muvjuddirkim, bu yozuvchi talantining adabiy tiplar kashfiyoti borasidagi benazir takomilidan dalolat beradi. Yozuvchi o'z romanini Ko'hna dunyo deb atagan va asardagi barcha qahramonlarni o'ziga xos tarzda nomlagan. Romanda Mahmud G'aznaviy va uning saltanatidagi barcha amaldorlar saroy xodimlari, Malikul sharob va uning mayxonasiga kelib ketuvchilar, Ismoil G'oziy boshliq karmatiylar, Mavlono Beruniy va u bilan aloqadar shaxslar, ibn Sinoga aloqadar insonlar faoliyatlari mukammal qamrab olingan. Zotan, ularning barchasi ko'hna dunyo odamlari, biroq har biri alohida va mustaqil faoliyat sohiblaridir. Biroq, Ko'hna dunyo so'zlari zamiridagi mohiyat bu asardagi har bir obrazning syujet qatlamlaridagi mustaqilligini inkor etmaydi, aksincha ularning asar badiiy mazmunini yuzaga chiqaruvchi yaxlitligini anglatadi. Demak, yozuvchi tomonidan o'ylab topilgan nom (Ko'hna dunyo) unda yaratilgan adabiy tiplarning barchasiga baravar bo'lgan umumiy atamadir. Agar romanning bosh qahramonlarini aniqlash masalasi o'rtaga qo'yilsa, unda yechilishi mushkul bo'lgan talay chigalliklar yuzaga chiqadi. Romanning annotatsiyasida shunday bitiklarni o'qiymiz: Odil Yoqubovning Ko'hna dunyo degan yangi romani ikki buyuk alloma - Abu Rayhon Beruniy bilan Abu Ali ibn Sino hayotiga bag'ishlangan Mustabid shoh Mahmud G'aznaviy davrida yashab, og'ir sharoitlarda ijod qilgan bu ikki ulug' siymoning hayotlari chuqur dramatik voqealarga to'la. Romanni o'qir ekanmiz bir qarashda sarguzashtnoma bo'lib tuyuladigan, aslida esa zulm va adolatsizlikka asoslangan ko'hna dunyoning o'tkir ziddiyatlarini va fojiaviy hodisalarini kuzatamiz. Nohaqlik va tubanlik iskanjasida qolgan ikki buyuk, bobomizning yuksak e'tiqodi, dardu alamlari, iztiroblari, mustahkam irodasi va chuqur ruhiy kechinmalarining guvohi bo'lamiz. Bir qarashda annotatsiyadagi fikrlar to'g'riday bo'lib tuyuladi: go'yo roman Mahmud G'aznaviy haqida emas, buyuk allomalar to'g'risida yaratilganday. Chuqurroq o'ylab ko'radigan bo'lsak, bunda san'atkor ko'ngliga tukkan bosh ijodiy niyat o'zicha mustaqil taqdir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 451.49 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 451.49 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga