Komil Xorazmiy hayoti va ijodi

Komil Xorazmiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Komil Xorazmiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Komil Xorazmiy hayoti va ijodi (1825 - 1899 YIL) Reja: Komil Xorazmiy ijodini o'rganilish tarixi. Komilning tarjimai holi haqida. Komil Xorazmiy - davlat va jamoat arbobi. Shoirning ijodiy merosi. Komil Xorazmiyning tarixiy asarlari. Komil Xorazmiy - bastakor, musiqashunos va tarjimon. Otashzabon shoir Komil hayotlik chog'idayoq xalqning e'tiboriga tushgan va ijodiga bo'lgan qiziqish paydo bo'la boshlagan hamda zamondagi shoirlari tomonidan tan olingan edi. Shuning uchun ham shu davrda tuzilgan ko'plab qo'lyozma va toshbosma bayoz-majmualarda shoir ijodidan namunalar kiritildi. Shuningdek, XIX asr o'zbek adabiyoti va tarixida yirik manba sanalmish Ogahiyning Gulshani davlat(1855-1856), Muhammad Yusuf Bayoniyning Shajarai xorazmshohiy(1911-1913), Ahmad Tabibiyning Majmuat-ush-shuaro (1908), H.Laffasiyning «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» (1920) kabi asarlarda Komil Xorazmiy o'z ijodiy faoliyati bilan fazlu kamolotga erishgan shoir, tiyran aql hamda fikrda sobit davlat va jamoat arbobi sifatida yuqori baholangan. Shayx Sulaymon Buxoriy Lug'ati chig'atoyi va turki usmoniy (1880-1881) asarida ayrim so'zlar izohi uchun mashohir shuarolarning she'rlaridan misollar olgan. Munis, Ogahiylar qatorida Komil Xorazmiy she'rlaridan misollar keltirishi shoirning hayotlik chog'idayoq mashhur bo'lganligidan dalolatdir. Ingliz va rus tarixchilari tomonidan Komil shaxsiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Sankt-Peterburgda chop etilgan 1873 yilgi Xiva yurishi nomli ruscha rasmiy manbada, F.M.Lobosevichning 1873 yilgi Xiva yurishining bayoni nomli asarida, Mak-Gaxanning ingliz tilidan tarjima qilingan Oksusdagi harbiy harakatlar va Xivaning taslim bo'lishi (Voyenniye deystviya na Oksuse i padeniye Xivi, Moskva 1875) kabi kitoblarda shoir faoliyatiga maxsus to'xtalingan. Qolaversa, N.Ostroumov muharrirlik qilgan Turkiston viloyatining gazeti (1891-1894 yillardagi) sahifalarida bir qancha she'rlari bosilib turdi. Komil Xorazmiyning musiqa sohasidagi xizmatlari B. Rahimov va M.Yusuf Devonzodalarning Xorazm musiqiy tarixchisi (Moskva, 1925) kitobida, keyinroq esa V.Belyayevning O'zbekiston muzika asboblari (Muzikalniye instrumenti Uzbekistana, M. 1933) asarlarida alohida e'tirof etilgan. Shoir Komilning hayoti va ijodini ommalashtirish va ilmiy tadqiq etish, asosan, 1945 yildan boshlandi. 1945 yilda nashr etilgan O.Sharafiddinovning O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasida, 1947 yilda chop etilgan O'zbek poeziyasi antologiyasi da keng kitobxonlar ommasiga shoir ijodi taqdim etildi. 1947 yilda adabiyotshunos M.Yunusov Komil ijodiga bag'ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, 1958 yilda shoirning hayoti va ijodini yorituvchi Komil Xorazmiy nomli kitobini nashr ettirdi. 1961 yilda shoirning Tanlangan asarlari (nashrga tayyorlovchi R.Majidiy), 1975 yil shoir Devoni nashrdan chiqdi. Komil Xorazmiy ijodi maktab va oliy o'quv yurtlarida o'rganila boshlandi. G'.Karimovning O'zbek adabiyoti tarixi (II kitob) darsligida shoir Komil hayoti va ijodiga alohida fasl ajratilgan. Shuningdek, O'zbek adabiyoti tarixi besh tomlik (1980) ning 5-tomida K.Xorazmiyning hayoti va ijodiy merosining tahlili uchun 32 sahifa ajratilgan. Bulardan tashqari adabiyotshunoslar A.Hayitmetov, V.Zohidov, A.Qayumov, N.Qobilov, N.Jumaxo'ja va I.Adizovalarning shoirning turli jihatlarini ochuvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 888.42 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 888.42 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga