Komil Yashin Reja: 1. Komil Yashinning hayot yo'li va ijodiy faoliyati. 2. Komil Yashin dramalari. 3. Tarixiy haqiqat va badiiy to'qima. Yashin-hozirgi zamon o'zbek dramaturgiyasining yirik va keksa vakili edi. U jamoat arbobi sifatida o'zbek teatr san'ati taraqqiyotiga salmoqli ulush qo'shgan ijodkor edi. Komil No'mon o'g'li 1909-yil 25 dekabrda Andijon shahrida tug'ildi. Yashin uning adabiy taxallusidir. Otasi No'mon Jumaboy o'g'li savdo-sotiq bilan shug'ullangan. U savdoda singach, o'g'illari Mo'minjon, Hakimjonlar qaramog'ida yashaydi. Ma'rifatli odam bo'lgani uchun farzandlarini fan-ma'rifatni egallashga yo'llaydi. Komiljonni olti yoshidanoq eski maktabga beradi, o'n bir yoshga yetganda rus maktabida o'qita boshlaydi. Komiljon yettinchi sinfni a'lo baholar bilan tugatganini va o'tkir zehni, fikrlashidagi jur'atini sezishib, uni Leningraddagi O'rmonchilik instituti qoshidagi tayyorlov kursiga o'qishga yuboradilar. Komiljon kursni tugatib institutga kiradi va ikki yil o'qiydi. Ammo shaharning rutubatli havosi unga yoqmaydi, tez-tez kasal bo'ladi, shu tufayli Andijonga qaytib kelib, maktabda til va adabiyot, fizikadan dars beradi. Leningraddek katta madaniy shahar uning ilmiy va ma'rifiy, adabiy dunyosining boyishiga katta yordam bergan edi. Chunki u hali maktabda o'qib yurgan chog'laridayoq she'r yozishga urinar va Leningradga bormasdan avval, ya'ni 1925-yildan matbuotda o'z she'rlari bilan ko'rina boshlagan edi. 1926-yildan esa pesalar yozishni mashq qilishga kirishadi. 1929-yildan Andijon viloyat teatrida adabiy emakdosh bo'lib ishlaydi. Undan keyingi hayoti ham sevgan san'ati-teatr bilan jips bog'lanadi. Yashin uzoq yillar mobaynida san'at ishlari boshqarmasiga rahbarlik qiladi, 1958-1980-yillarda esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi sifatida adabiy jarayonni boshqaradi. Uning ijtimoiy faoliyat doirasi ham g'oyat keng edi. Yashin uzoq vaqt davomida Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti qo'mitasiga rais, turli xalqaro anjumanlarning tashabbuskori bo'ldi. U 1960-yili O'zbekiston Fanlar akademiyasiga muxbir a'zo, 1969-yilda esa haqiqiy a'zo etib saylandi. Ko'rinadiki, Yashin uzoq yillar davomida adabiyot va san'at daryosining boshida turdi, bu daryoning yo'nalishi, oqishi va mavjiga o'zining sezilarli ta'sirini o'tkazadi. Yashin dramaturgiya sohasidagi ijodini drama qanday bo'lishi kerak, degan savolga javob qidirishdan boshladi. U agar 16 yoshidayoq matbuotda o'z she'rlarini e'lon qila boshlagan bo'lsa, 17 yoshida bir pardali pesalar yozdi (Karquloq, 1926; Teng-tengi bilan, Lolaxon, Quyosh, 1927). 18 yoshidan esa aktyor, teatr va drama janri to'g'risida o'zining qarashlarini bildirishga o'tdi. Oltin kamar (1928) maqolasida sahnamiz-chinakam oynak, aktyorlar esa xalqimizning orzu-armonlarini, millionlarning his-tuyg'u va hayajonlarini, madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlarimizni, yangi tuzumimizni, ideallarimizni sahna chamanida tarannum etuvchi bulbullardir. Bularning har biri qalbimizni kashf etuvchi shoir, rassom, deb ta'kidladi. Yashin biroz keyinroq Dramaturgiyaga shuning uchun zo'r e'tibor berish kerakki, adabiyotning hech bir turi ommaboplikda, ta'sir qilishda pesa bilan tenglasha olmaydi, deb yozadi. Bular Yashinning dramaturgiya va teatr san'atiga bo'lgan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.99 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.99 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc