Ko'ngil va ishq qudrati talqini (Alisher Navoiy ijodiga nazar)

Ko'ngil va ishq qudrati talqini (Alisher Navoiy ijodiga nazar)

O'quvchilarga / Adabiyot
Ko'ngil va ishq qudrati talqini (Alisher Navoiy ijodiga nazar) - rasmi

Material tavsifi

Ko'ngil va ishq qudrati talqini (Alisher Navoiy ijodiga nazar) Adabiyotshunos olim Alibek Rustamov «Faroyib us-sig'ar»ning 1-g'azalini «Alisher Navoiy ijodining dasturi» deydi1. Shoir ta'biriga ko'ra ham, bu g'azal uslub xaysiyatini anglamasdan turib, devondagi boshqa g'azallarning g'oyalar olamini tushunish behad mushkuldir. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida ushbu g'azalga murojaat etishni lozim topdik. Aslida devondagi «avvalgi g'azal» (shoir ta'kidiga ko'ra) Allohga hamd bilan boshlanishi lozim. Biroq devonlarning majmuasidagi o'rniga binoan birinchi g'azal komil inson madhiga bag'ishlangan. Zehnidagi Qur'oniy ma'noyu maqsad va g'oyalar to'laligi bois, Mir Alisher butun umrini, ijodini «risolat durining maxzani», «gulshani ishq», «jahoni sug'ro, xujasta tug'ro», «xok-nuri pok», «bog'i rizvon guli», «maxzani irfon»-«barchadin ashraf inson» ning «sharif ul-kavnayn» ekanligini eng kichik asardan-farddan dostongacha isbotlashga, madh etishga bag'ishladi. Shuning uchun ulug' shoir devonni Haqning sifatlari hamdi bilan emas, balki Haq san'atining eng yuksak namunasi vasfi bilan boshlab, insoni komilning asl timsoli Muhammad payg'ambarga bag'ishlangan na't-g'azal bilan tugatadi. Sening madoyihi na'tingda, yo Rasululloh, Tamom bo'ldi Navoiy takallumi poki. Bu to'rt daftarida hamdu na't aro xalali, Gar etmish o'lsa ayon tab'u kilki beboki. Irfon, ishq, ko'ngil kabi insonni mumtoz etgan tushunchalarning asl mohiyatini hayotiy tajribalar orqali chuqur anglab o'tgan hassos shoir ko'r-ko'rona toat-ibodatni qoralaydi va «Kuntu kanzan» ning siru sinoatini bilish uchun avvalo Uning mazhariyatiga daxldor yagona markaz (Inson)ni o'rganish, tadqiq etish, mo'jizaviy mukammal san'at namunasi ekanligini anglash natijasidagina Haqqa sidqidil hamd aytish muddaosi bilan ijod qiladi. Ma'lumki, ulug' shoirning har bir g'azali o'z mazmun silsilasiga, tizimiga ega. Uning har bir g'azali inson ruhiyatining muayyan bir holati tavsifiga bag'ishlanadi. «Xazoyin ul-maoniy» tug'rosining har bir baytida esa kamolotga yetishning yetti ruhiy-ma'naviy riyozat maqomoti va uning amaliy-nazariy bosqichi, solik qalb holining har maqomda o'zgarib, Haqqa tobora yaqinlashib borishi ruhiy taraqqiyotning natijasi ekanligiga ishora qilinadi. Inson o'zining ilohiyot mazhari ekanligini Ishq va Ko'ngil orqali anglaydi. Devondagi g'azalda tasavvuf ta'limotining markaziy masalasi-kamolotga yetishning shartlari (oshiq qalbi va ruhini yetti darajada kamolga erishtirish) kuchli ramziyat tizimi asosida talqin etilgan. Shuning uchun har bir baytda jomu may so'zi takrorlanadi. Ashraqat min aksi shamsil ka'si anvor-ul hudo «Yor aksin mayda ko'r» deb, jomdin chiqdi sado1. «May kosasining quyoshi aksidan haqiqat yo'lining nurlari porladi». May kosasi-ishqu muhabbat tufayli yaratilgan butun borliq. Quyosh-Olloh, aksi-tajalliy timsoli. Tasavvufiy adabiyotlarda yozilishicha, inson yaratilgunga qadar jamiki borliq ruhsiz qorong'ulik shaklida bo'lgan, uni jilolantirish uchun Inson yaratilgan. Shoir «haqiqat yo'lining nurlari porladi» deyish orqali Olloh Komil inson vositasida tajalliy aylashiga va ikkinchi misrada moddiy olamning javhari(ko'ngil ilohiy ismlar mazhari markazi ekanligiga ishora qilgan. Hazrat Jomiyda bu ulug' muddao quyidagicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 433.71 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 433.71 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga