Kuntug'mish dostonidagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlili

Kuntug'mish dostonidagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Kuntug'mish dostonidagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlili - rasmi

Material tavsifi

Kuntug'mish dostonidagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlili QARSHI- 2012 Reja: KIRISH……3-7 I BOB. «KUNTUG'MISH» DOSTONINING O'RGANILISHI VA VARIANTLARI……8-10 I.1. Doston sujeti, asosiy qahramonlari, motivlari va tarixiy ildizlari……11-14 I.2. «Kuntug'mish» dostoni va uning variantlari badiiyati……15-35 II BOB. DOSTON VARIANTLARIDAGI YETAKCHI OBRAZLARNING QIYOSIY TAHLILI …….……36 II.1. Kuntug'mish va Xolbeka obrazlarining qiyosiy tahlili……36-45 II.2. Buvraxon, Go'rkiboy va Mohiboy obrazlarining o'ziga xos qirralari……46-56 XULOSA …….….57-60 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI …….…60-61 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. O'zbek xalqining boy epik merosi nafaqat miqdor jihatidan, balki mavzu qamrovining kengligi bilan ham alohida ajralib turadi. Alpomish, Go'ro'g'li kabi epik qahramonlar xalq idealining timsollariga aylanib, bu qahramonlarni kuylovchi dostonlar esa xalq ma'naviy hayotining tarkibiy qismiga singishib ketgan. Bugungi kunga kelib, asrlar davomida kuylab kelingan xalq dostonlari turli nashrlarda chop qilinib, kitob shaklida o'qilmoqda. Ommaviy dostonxonlik xalq o'rtasida allaqachon urf bo'lganligini ham alohida qayd etish lozim. «Alpomish» va «Go'ro'g'li» dostonlari qatorida sevib tinglanib, ommaviy ravishda o'qilib kelinayotgan asarlardan biri «Kuntug'mish» dostoni hisoblanadi. «Kuntug'mish»ning qayta-qayta nashr etilayotganligi, turli jurnal va gazetalarda dostondan olingan parchalarning chop qilinayotganligi, ijod ahlining doston qo'shiqlariga naziralar bog'lab, diqqat qaratayotganliklari ham fikrimizni tasdiqlaydi. «Kuntug'mish» bugungi ma'naviy hayotimiz va adabiy jarayonlarda faol harakatda bo'lgan asarlardan hisoblanadi. Ayni holat bu asarni alohida, har jihatdan o'rganish masalasini talab etadi. Qolaversa, «Kuntug'mish» dostoni, ayniqsa, uning Ergash Jumanbulbul o'g'li varianti yuksak badiiy asar sifatida ham alohida e'tiborga loyiq. Dostondagi go'zal obrazlar, serjilo tashbehu timsollar, jozibali ohangga ega bo'lgan qo'shiqlarni yosh avlodlarga yaqindan tanitish, ularning badiiy qimmatini tushuntirish umumbadiiy saviyaning yanada ko'tarilishiga, kelajak avlod tarbiyasining kamolot sari yo'nalishiga olib keladiki, uning bitiruv malakaviy ish obyekti sifatida olinishining ma'rifiy, tarbiyaviy, badiiy-estetik ahamiyati, bir tomondan, ana shu jihatlar bilan ham belgilanadi. «Kuntug'mish» kabi umuminsoniy qadr-qimmatlarni ulug'lovchi dostonlar targ'ib-tashviq etilishi har jihatdan foydali. Zero, o'zbek xalqining dunyoqarashi, ezgulik va yovuzlik bilan bog'liq xalqona falsafiy talqinlari, tabiat, jamiyat haqidagi tushunchalari, bir so'z bilan aytganda, milliy g'oyalari epos voqealari mag'zida, xalq ideallarining poetik ifodasi shaklida namoyon bo'lgan. Milliy g'oya jamiyat taraqqiyotini olg'a yetaklovchi, doimiy harakatdagi kuchdir. Shu sababli ham milliy g'oya zimmasida hamisha ulkan vazifalar turadi. «Milliy g'oya, - deydi Prezidentimiz, - birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo'lishi zarur». Shunday ekan, xalq dostonlarini har tomonlama tadqiq etish birgina folklorshunoslik fani uchungina foydali bo'lmay, umum ma'naviy taraqqiyot uchun ham ahamiyatlidir. Ma'lumki, folklorshunoslikda ham birlamchi manbalarni o'rganish shu fan sohasidagi nazariy muammolarning to'g'ri yechilishida muhim rol o'ynaydi. Folklor asarlari tabiatiga xos variantlilik hodisasi shunday muammolardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.95 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.95 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga