Kutubxonalarning bibliografik ishi

Kutubxonalarning bibliografik ishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Kutubxonalarning bibliografik ishi - rasmi

Material tavsifi

Kutubxonalarning bibliografik ishi Reja: Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni Bibliografiya ishini tashkil etish Alisher Navoiy nomli O'zbekison Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida Oliy o'quv yurtlari kutubxonalarining bibliografik faoliyati Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni Kutubxonalar faoliyatining katta qismini bibliografiya ishi tashkil etadi. Ishning hajmi, ko'lami, uning tashkil etilishi, bibliografik xizmat shakllariga ko'ra ular bir-biridan farq qiladi. Bu kutubxonalarda kitob fondi mazmunini ochib berish, undan kitobxonlarning faol foydalanishini ta'minlash uchun turli xil bibliografik vositalar yordamida ma'lumot bibliografiya xizmatini tashkil etishdan iborat. Bu ma'lumot-bibliografiya apparatini tashkil etish va ma'lumot-bibliografiya xizmatini uyushtirish bilan amalga oshiriladi. Ma'lumot-bibliografiya xizmati- har xil kitobxonlik so'roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma'lumotlar berish. Bibliografik axborot berish - kitobxonlarning doimiy so'roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat ko'rsatish, axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ'ib qilishdan iborat. Bibliografik ishni tashkil etishning asosi kutubxona fondi va ma'lumot-bibliografiya apparatidir. Bibliografiya ishi vazifalari - kitobxonlarning mustaqil o'qishiga ta'sir etish. Bu vazifani amalga oshirishda kartotekalar, bibliografik qo'llanmalar, tavsiya xarakteridagi ko'rsatkichlar yordamida kitobxonlar o'qishini boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish ko'nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab olishga yordam beradi, undagi bilimni to'g'ri va aniq qabul qilishga yo'llaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi (har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy topgan, bu esa ana shu fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bog'liq, bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi, u bilan ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga uchramaydi. Bibliografiya ishini tashkil etish Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya'ni iste'molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta'minlaydigan axborot markazlari, ma'lumotlar bazasi, banki, aloqa tizimi tushunchasi bilan bog'liq. Buni anglash uchun quyidagi tushunchalarni alohida ko'rib chiqamiz: Axborot markazi- axborotni yig'ish, analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborotni tahlil qilish markazi-aniq bir bilim sohasi bo'yicha axborotni to'plash, yig'ish, saqlash, baholash, tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo'lim. Axborot almashuv markazi -tijorat asosida boshqa markazlar uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug'ullanuvchi axborot markazi. Bibliografik markaz - bibliografik axborotni ishlab chiqish, to'plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug'ullanuvchi axborot markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u yoki bu yo'nalishda axborotni qidirish, to'plash, tanlash va tarqatish bo'yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki shaxslar. Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida mas'uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot manbalari-turli xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 40.66 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 40.66 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga