Kuzatishlar asosida insho yozish Reja: O'qilganlar asosida insho yozish Maqola yozish Xatolar ustida ishlash O'quvchilar narsa-buyumlarni, tabiatni, mehnat faoliyatini kuzatish asosida hosil qilgan taassurotlarini so'zlar vositasida ifodalaydilar. Bunda ular fikrlarini turli va to'la ifodalashga o'rganishdan tashqari, ularning tushunchalari ham kengayib boradi. Dastlab kuzatish rejasi tuziladi. O'quvchilarga kuzatish davomida nimalarga e'tibor berishlari kerakligi tushuntiriladi, insho mavzusi aytiladi. O'quvchilar bilan kuzatish taassurotlari asosida savol-javob o'tkazilganidan keyin ularning fikrlari umumlashtiriladi. Mavzu yuzasidan reja tuziladi. Mavzu ayrim o'quvchilarga reja asosida gapirtiriladi. Shundan so'ng insho yozdiriladi. Boshlang'ich sinflarda ko'rganlarini tasvirlab berishning quyidagi ko'rinishlaridan foydalanish mumkin: 1. Kuzatish davomida ko'rilgan ayrim predmetlarni tasvirlab yozish. O'quvchilar mehnat faoliyatini tasvirlash. Tabiat ko'rinishini tasvirlash. Sistemali kuzatishlar natijasini umumlashtirib tasvirlash. O'qilganlar asosida insho yozish Inshoning bu turida o'quvchilar o'qigan hikoyalari asosida insho yozadilar. Bu xildagi inshoda o'quvchilar hosil qilgan tushunchalarini yozma bayon qiladilar. O'qilgan asar yuzasidan insho yozishga tayyorgarlik va yozish ishlari o'qish va sinfdan tashqari o'qish darslariga bog'lab olib boriladi. 2-3-sinflarda olib boriladigan bunday ishlar 4-sinfda o'qiganlari asosida to'laroq insho yozishga tayyorlaydi. 4-sinfda badiiy asar asosida yoziladigan dastlabki insho jamoa xarakterga ega bo'ladi. Ya'ni sinf o'quvchilari asarni birgalikda o'qib-o'rganadilar. Tushunchalari bo'yicha o'z fikrlarini aytadilar. O'quvchilar fikri doskaga yoziladi. So'ng uni o'quvchilar ko'chirib yozadilar. Keyinchalik esa mustastil yozishga kirishadilar. Asar yuzasidan insho yozish o'quvchilarga bir necha kun oldin aytib qo'yiladi. Shundan so'ng o'quvchilar asarni diqqat-e'tibor bilan o'qiydilar. O'qilgan asar yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Ayrim o'quvchilarga asar mazmuni gapirtiriladi. So'ng insho yozish tavsiya etiladi. Keyinchalik esa o'quvchilarga o'qilgan matn yuza-sidan savol-javoblarsiz mustaqil insho yozish tavsiya qilinadi. Lekin dastlabki paytlarda o'qituvchi o'quvchilarga qisman yordam berib turadi. Maqola yozish 3-4-sinf o'quvchilariga sinf hayoti va o'quvchilar faoliyati haqida, o'yin va o'qishlari haqida sinf yoki maktab devoriy gazetalariga maqola yozishni o'rgatib borish ham inshoning bir ko'rinishidir. Buning uchun dastlab biror mavzu tanlanib, shu mavzuga oid «G'uncha» jurnalida berilgan maqolalar o'qib-o'rganiladi. Mavzu mazmuni yozishdan oldin bir necha o'quvchiga gapirtiriladi. Birgalikda tuzilgan maqolani doskaga yozib, tahlil qilinadi. Uni o'quvchilar daftarlariga ko'chirib yozadilar. Shundan keyin uyda shunga o'xshash maqola yozib kelish topshirig'i beriladi. Shu tarzda o'quvchilar qisqa hajmli xat-xabar va maqola yozish malakalarini egallaydilar. O'quvchilarni kichik yoshdan inshoning barcha turlari bilan qisman bo'lsa-da, tanishtirib borish muhim ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu ish o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarining sistemali o'sib borishiga yordam beradi. Yuqori sinflarda inshoni muvaffaqiyatli yozishlariga zamin hozirlaydi. O'quvchilar inshosini tahlil qilish Nutq o'stirish metodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho me'yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. Insho matnini takomillashtirish, unda yo'l qo'yilgan xato ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.31 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.31 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:16 ]
Arxiv ichida: doc