Lafziy she'riy san'atlar

Lafziy she'riy san'atlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Lafziy she'riy san'atlar - rasmi

Material tavsifi

Lafziy san'atlar She'riyat - bu, olam hayotlning tirik tomiri, uning qoni, uning olovi, uning shu'lasi va quyoshidir . (V.Belinskiy) She'riy san'atlar mumtoz adabiyotimizda qofiya ilmi kabi alohida ilm sifatida o'rganib kelingan. Bu ilm arablarda balog'at ilmi, forsiy va turkiylarda ilmi sanoye' - san'at ilmi jon o'rganilgan. She'riy san'atlarga she'rni ta'sirchangligini, badiiyligini, qimmatini oshiruvchi vosita sifatida ajaralgan. Bu haqida alohida ilmiy asarlar ham yaratilgan. Jumladan, Rashididdin Votvotniag Hadoyiq us -sehr fiy dahoyiq ush-she'r asarida bu xususida alohida to'xtalib o'tilgan. Xudoydod Taroziyning Funun ul-balog'a asarida 100 ga yaqin she'riy san'atlar, Atoulloh Husayniyning Badoyi us -sanoye' asarida 143 ga yaqin she'riy san'atlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. She'riy san'atlar 3 ta tavsifiy guruh bo'yicha o'rganiladi : l. Lafziy san'atlar. 2.Ma'naviy san'atlar. 3. Lafziy-ma'naviy san'atlar (Harfiy san'atlar). Lafziy san'atlar -so'zning shakli bilan bog'liq holatda vujudga keladigan san'atlar. Ma'naviy san'atlar-so'zning mazmuni va ichki o'ziga xos xususiyatlari asosida vujudga keladi Lafziy- ma'naviy san'atlar. She'riy san'atning ushbu turida so'zning shakliga ham, uning mazmuniga ham e'tibor beriladi. Lafziy san'atlar, she'riy nutqdagi so'zning tovushi bilan bog'liq bo'lib, ko'proq shakl hodisasi sifatida namoyon bo'ladi. Ammo uning ham o'z shartlari mavjud. Bilginki, lafziy go'zalliklamning asosi uldurkim, albozni ma'noga tobe qilgaylar , deb ta'kidlaydi Atoulloh Husayniy. ISHTIQOQ ILTIFOT IZDIVOJ MUKARRAM MUVOZINA MUZORAA NIDO QAYTARIQ SAJ' TASDIR TASBE TARDI AKS TA'DID TARSE' TAKRIR ISHTIQOQ -arabcha so'zdan olingan bo'lib, so'zdan-so'zni ajratmoq , yo'nmoq, chok etmoq, darz yetkazmoq ma'nolarini anglatadi. Ishtiqoq badiiy san'atining o'ziga xos xususiyati shundaki, ijodkor bayt yoki ba'zi gaplarda o'zagi bir bo'lgan so'zlarni ikki yoki undan ortiq keltirishni zarur deb biladi. Darhaqiqat, isritiqoq qo'llanishning fikriy hissiy samara berishdagi ahamiyati shundaki, odaida uning radifsimon jarangdoshligiga va ayni choqda, qarama-qarshi ma'no tashishi bilan ko'zga tashlanadi. Ganja Vatan, ko'ngli oning ganj hez, Hotiru, Ganjiru tili ganj rez. (Alisher Navoiy) Sochilgan sochingdek sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? San na javr etmak tilarsan istagumdir oni man, Kim muhibg'a ha na mahbub aylasa mahbub erur. (Ogahiy) ILTIFOT - arabchadan lutf demakdir. Bu san'atda shoir bayonu tasvir vaqlida gap shaxsini o'zgartirib boradi. Bu nutqqa xilma-xillik bag'ishlab, uni zerikarli bo'lishidan saqlaydi, kitobxon e'tiborini qattiq jalb qilib, uning zavqini kuchaytiradi. Shahni ul jom qildi bodaparast, Ichmayin boda andin bo'ldi mast. Bu baytda gap shaxsi birinchi shaxsdan ikkinchi shaxsga ko'chirilgan. Iltifotda she'rning ovoz maromi birdan keskin o'zgarib ketadi. Voy, yuz ming voy, yuz bo'ldim firibi qirqqa, Hokimi Dizzax mutiyu payravi jurqundiman. IZDIVOJ -atamasi arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi yer-u xotin bo'lisir , juftlab olish demakdir. Lafzdosh so'zlarga asoslangan bu san'atni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.38 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.38 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga