Lirik shoir, satira va yumor ustasi Zavqiyning hayoti va ijodi haqida

Lirik shoir, satira va yumor ustasi Zavqiyning hayoti va ijodi haqida

O'quvchilarga / Adabiyot
Lirik shoir, satira va yumor ustasi Zavqiyning hayoti va ijodi haqida - rasmi

Material tavsifi

Lirik shoir, satira va yumor ustasi Zavqiyning hayoti va ijodi haqida Lirik shoir,satira va yumor ustasi Zavqiyning hayoti va ijodi haqida Shoir Ubaydulla Usta Solih o'g'li Zavqiy Muqimiy, Furqatlarning taniqli zamondoshi va hamkoridir. Zavqiy («zavq» so'zidan) 1853 yilda Qo'qon shahrining Shayxon dahasida mayda hunarmand oilasida gug'ilgan. U boshlang'ich makgabni tugatgach,. tog'asi Muhammad Siddiq yordamida Qo'qondagi «Madrasai oliy», «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil oladi. Lirik shoir satira va yumor ustasi zavqiy Ubaydulla usta solix o'g'li Zavqiy (1853-1921) Moddiy ahvoli og'irligidan o'qishini tashlab, kosiblik-maxsido'zlik qilishga majbur bo'ladi. Shoir mirzolik vazifasida ishlab, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon, Andijon, O'sh, Namangan, Xo'jand va Toshkent shaharlarida bo'ladi. XIX asrning 90-yillarida oilaviy hayotida baxtsizliklar bo'ladi: otasi va ikki ukasi vafot etadi, xotini Hojibibining ko'zlari ojiz bo'lib qoladi. Zavqiy Muqimiy bilan birga Shahrixon, Asaka orqali O'shga, Andijonga safar qiladi. 1900 yilda haj safariga otlangan tog'asi shoirni ham o'zi bilan birga olib ketadi. Uch yil mobaynida u Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Arabiston mamlakatlarida bo'ladi. 1903 yilda Zavqiy Qo'qonga qaytib keladi. 1904-1905 yillarning yozida Qo'qondagi qirq olti rasta boylarini hajv qilib, boyvachchalar hujumiga duchor bo'lgan shoirni hunarmandlar 100 so'm jarima evaziga qamoqdan qutqarib qoladilar. U 1921 yil may oyida 68 yoshida vafot etadi. Zavqiy o'z ijodini lirik she'rlar yozishdan boshlab, hajviyotga katta e'tibor bergan. Uning ellikka yaqin she'rlarini o'z ichiga olgan merosi «Zavqiy. Tanlangan asarlar» nomi bilan Toshkentda 1958 yilda nashr etilgan. She'rlari: «Qahatchilik», «Zamona», «Ajab ermas», «Ahli rasta hajvi», «Jahonda kamsuxan kim bo'ldi», «Yuzingni ko'rsatib avval o'zingga bandalar kilding» (mustaqil muxammas), «Suv janjali», «Shohimardon xotirasi», «Afandilar», «Veksel», «Yuzingni ko'rsatib», «Demish xon», «Zamona kimniki?», «Bo'l», «Talading baring», «Muncha ko'p» va boshq. Mastur qolmag'aykim: so'zning yo'g'oni chiqdi, Oltiariqlari ham veksilni koni chiqdi, Zavodni bitkazolmay Eshonni joni chiqdi, Afsus, ey xaloyiq, ishlar yomoni chiqdi, Oxir zamona ma'lum bo'ldi, nishoni chiqdi. Har ishki xalqimizg'a hokimlar etsa farmon, Qilmay iloji yo'qtur dushvoru xohi oson, Nuqra-kumushlaridin boylar xijil, pushaymon, Yuz dod qilmasunmu bechorai musulmon, Har tangada miridin yaqqol ziyoni chiqdi. Band o'ldi oldi-sotdi, fuqaroingni bil, deb Pullar jarimasini qilsang ekan, bihil, deb. Bozoru bay ocholmay qishlog'u shahr sil, deb Arz etdilar xaloyiq hokimga: hukm qil, deb, Qirq kunda uch miridin buyruq degoni chiqdi. Diqqat hama sotolmay, yo bir nima olurg'a, Qassob yetdi o'zni go'sht o'rniga tilurg'a Solgan quloqlarini el gap nedur bilurg'a, Bozor ahli, hayron savdo-sotiq qilurg'a, So'yi samoga yig'lab kosib fig'oni chiqdi. Xalqeki kambag'aldur go'yoki g'altak o'ldi. O'lganni ustiga ham bir necha kaltak o'ldi, Bu voqia, Muqimiy, har yerda dastak o'ldi, Pul-labba, narx-qiymat ustiga po'stak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 813.84 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 813.84 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga