Lirik tur va uning janrlari Reja: Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tushunchasi Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari Hozirgi she'riyatdagi lirik janrlar xususiyati. Lirika (yun., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo'lib, o'zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg'u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya'ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrog'i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik parchalari, detallargina olinadi. Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba'zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o'zganing ruhiyatiga kirgan holda o'sha o'zga shaxs kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo'ladi. Bu o'rinda yana bir muhim masala shuki, she'rda xatto shoir o'z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo'yib bo'lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko'ra va ikkinchidan, shoir o'zganing holatiga qirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho'lponning Men va boshqalar she'ri garchi lirik men tilidan berilgan bo'lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o'laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o'quvchi tasavvurida tashqi ko'rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko'radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko'nglidan kechgan kechinmalarni o'z ko'nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she'rni shu jihatdan ko'zdan kechirishimiz mumkin: Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi Gohida ko'z qiyib, gohida qiymay Va buning ustiga seni unutolmay Yashash axir menga ko'p qiyin. Bora-bora sevib ketarman Men erimni balki keyinroq,- Degan xayol bilan yashaysan, Mendan ko'ra senga qiyinroq. She'rni o'qigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sababga ko'ra sevgilisiga yetisholmagan, endilikda o'zining oilasida sokin va totuv umrgo'zaronlik qilayotgan, turmush o'rtog'ini-da samimiy hurmat qiluvchi va ayni paytda sevgisini ham unutolmagan odamni tasavvur qiladi, o'sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini qalbdan o'tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, ya'ni, shu she'rni yozish uchun shoirning albatta sevgilisiga yetisholmagan va hamon o'sha sevgisini qo'msab yashayotgan odam bo'lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, ya'ni she'rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda tasvirlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechirmagansiz, faqat, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.55 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.55 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: doc