Lirik va dramatik dostonlarda tarixiy shaxs talqini

Lirik va dramatik dostonlarda tarixiy shaxs talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Lirik va dramatik dostonlarda tarixiy shaxs talqini - rasmi

Material tavsifi

Lirik va dramatik dostonlarda tarixiy shaxs talqini mavzusida yozgan MUNDARIJA: 1. TUSHUNTIRISH QISMI - KIRISH……3 I BOB. HOZIRGI DAVR LIRIK VA DRAMATIK DOSTONLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI I.1. Lirik va dramatik dostonlarning janriy xususiyatlari……16 I.2. Lirik va dramatik dostonlarda tarixiy mavzu talqini32 II BOB. LIRIK VA DRAMATIK DOSTONLARDA FOLKLORIZMLAR II.1. Xalq dostonchiligi uslubida yozilgan poemalar40 II.2. Xalq qo'shiqlari va maqollarning dostonlardagi o'rni……49 XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ……60 Kirish Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Xalq hayotining burilish pallalarida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy - ma'naviy sohalarda tub o'zgarishlar kuzatiladi. Prezidentimizning quyidagi fikrlari adabiyotda yuz bergan muhim o'zgarish va yangilanishlarni qayta kashf etishda ko'mak beradi: … Insonni , uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta'riflanishi bejiz emas, albatta. Yaqin o'tgan yillarda o'zbek she'riyatidagi yangiliklar, shaqliy- mundarijaviy izlanishlar mustaqillikning qo'lga kiritilishi tufayli milliy tafakkurda paydo bo'lgan o'zgarishlar bilan bog'liq. Milliy badiiy tafakkurning yangilanishi tufayli o'zbek adabiyotida badiiy asar tili, adabiy matnning qurilishi, ritm, vazn, qofiya, she'riy san'atlarni qo'llash odatdagidan boshqacha ma'no kasb eta boshladi. Bu davrda ruhni anglatishga bo'lgan intilish, ziddiyat va qarama-qarshiliklar mohiyatiga chuqurroq kirib borishga harakat, ranglar uyg'unligi va tasvirning quyuq bo'lishiga e'tibor kuchaydi. Ma'lumki XX asrning 30-50 yillari zamonaviy dostonning shakllanishi va taraqqiyot yo'liga tushib olish davri hisoblanadi. Bu davrda Oybekning Dilbar davr qizi, Temirchi Jo'ra, Navoiy, G'. G'ulomning Ko'kan, H.Olimjonning Oygul bilan Baxtiyor, Semurg' yoki Parizod va Bunyod, Mirtemirning Suv qizi, Ajdar, Farg'ona, S. Jo'raning Zangori gilam, A. Muxtorning Adolat kabi dostonlari dunyo yuzini ko'rdi. To'g'ri, ulardan ba'zilari (misol uchun G'.G'ulomning Ko'kan) davr chig'iriqlaridan o'tmagan bo'lsa-da, o'z zamoni uchun go'yat dolzarb mazmun kasb etgan. Bunday asarlar hozirda zamonasoz asarlar qatoridan o'rin olgan bo'lsa ham badiiyligi jihatdan yashashda davom etmoqda. XX asrning 60-80 yillari dostonchilik rivojidagi yangi davr hisoblanadi. Chunki bu adabiyotimiz maydoniga kirib kelgan shoirlarimiz endi xalqning ko'nglida yashirinib yotgan dardlarni, ijtimoiy voqeligimiz manzaralarini qalamga ola boshladilar. Ayni paytda lirik va liro-epik poemaning yangi janr ko'rinishlari: qasida-doston, tarixiy doston, doston-xronika, ocherk-doston, publististik doston singarilar vujudga keldi. A.Muxtorning Mangulikka daxldor, Zulfiyaning Quyoshli qalam, M.Shayxzodaning Toshkentnoma, J.Jabborovning Quyosh yurti, Shukrulloning Mardlik va vafo haqida ertak, E.Vohidovning Nido, Orzu chashmasi, Toshkent sadosi, Quyosh maskani, Ruhlar isyoni, Jannatga yo'l, Hakim va ajal, M. Alining Mashrab, Gumbazdagi nur, H.Sharipovning Tanovar, Qilmish-qidirmish, A.Suyunning Beshbarmoq, O.Hojievaning Najot kabi mavzu va mazmun yo'nalishi jihatidan turlicha bo'lgan poemalar mulohazalarimizni tasdiqlaydi. Istiqlol yillarida poemachilik o'ziga xos tamoyillar asosida taraqqiy etdi. Zulfiyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga