Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So'z Lirika janrlari Reja: Kirish Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So'z Lirika janrlari V. G. Belinskiy yozganidek, lirik asarning mazmuni obyektiv voqyeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni - subyekning o'zi va u orqali o'tgan hamma narsadir kishini mashg'ul etgan, to'lqinlantirgan, shodlatgan, qayg'uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo'lsa, qisqasi subyekning ma'naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo'lsa, shularning barchasini lirika o'zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi (V. G. Belinskiy, 184 - bet). Demak, lirikaning bosh xislati subyektivlik, shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg'otgan sezgilarni voqye qilish san'atidir. Lirika - fikrdan tug'ilgan sezgi mevasi - bir oniy kayfiyatning hosilasi bo'lgani sabab, shoir ruhi boshqa kayfiyatga bo'ysinmasdan ilgari qog'ozga ko'chishi shart. Shuning uchun ham u qisqa, larzador bo'ladi. Lirik kechinmaning o'zi nima? Nimalardan tarkib topadi? Mohiyatini nimalar tashkil etadi? Takomiliga nimalar yetkazadi? Bu muhim savollarga asosiy javobni topganlardan biri - Jamol Kamoldir. U yozadi: O'lmas Navoiyning Nazmki, ham suvrat erur xush anga, Zimnida ma'ni dog'i dilkash anga, - misralarida biz birinchi talqinning yorqin namunasini ko'ramiz. Shoirimiz aytmoqchi nazm zimni (ichi, mag'izi ) dagi dilkash ma'ni tahlil etayotganimiz lirik kechinmaning tarkibini tashkil etadi. Bu tarkib ikki element - fikr va hisdan iborat bo'lib, yaxlit holda ehtirosli fikr yoki fikriy ehtiros, deb ataladi. Negaki, nazm zimni dagi ma'ni(fikr) dilkash bo'lishligi uchun u ehtirosga o'rab berilishi kerak. Lirik kechinmaning tarkibini tashkil etgan fikr va his munosabatlarni V. G. Belinskiy shunday talqin etadi: She'riyatimizda fikr nima? Ushbu savolga qanoatlanarli javob bermoq uchun his nima, degan masalani hal qilish zarur. Hissiyot, o'zinig etimologik ma'nosiga ko'ra, tanimiz, jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o'zaro tafovuti shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta'sirida qo'zg'olgan jismoniy sezgi, birinchisi ham jismoniy, biroq u fikrdan tug'ilgan sezgi. Shu sababli ham qandaydir hisob - kitob yoki quruq mulohazalar bilan mashg'ul bo'lgan odam hissiyotdan to'lqinlanib, larzaga tusharqan, qo'lini ko'kragiga qo'yib yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko'kragida nafasi bo'g'iladi, chunki ko'kragi qisadi yoki kengayadi, yonadi yo sovqatadi, chunki yuragi orziqadi, titraydi, depsinib uradi; shuning uchun ham u chekinadi va qaltiraydi, qo'llarini ko'taradi, butun jonini boshdan oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib ketadi. Binobarin, asar fikrchan, hissiyotdan mahrum bo'lishi mumkinligi juda tushunarli; bunday holda o'sha asarda poeziya bo'larmikan? Aksincha, asarda his bor ekan, fikr bo'lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his teran bo'lgan joyda fikr ham teran bo'ladi va aksincha Shoirning boshida tug'ilgan fikr, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.57 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.57 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: doc