Loflar Loflar xalqimiz og'zaki ijodining kulgi yaratuvchi nasriy janri bo'lib, bu jihatdan latifa va askiyaga yaqin turadi. Bu so'z ma'no jihatidan haddan tashqari bo'rttirilgan, mahorat bilan to'qilgan yolg'on gap, mubolag'a, maqtanchoqlik tushunchalarini anglatadi. Ma'lumki, deyarli har bir shaxs tabiatida o'ziga qarashli narsa yoki xususiyatni boshqalarnikidan bo'rttirib ko'rsatish xislati bor. Ayniqsa, yosh bolalar o'zlarining onalarini hamma onalardan chiroyli, tog'alarini hammadan kuchli ko'rinishini istaydilar. Bolaligimizdagi aynan shu xususiyat ulg'ayganimizda ham bizni tark etmaydi. Natijada, biron voqea-hodisani hikoya qilganimizda avvaliga oz-oz, vaqt o'tgani sari ko'p-ko'p to'qima lavhalarni o'ylab topamiz. Masalan, baliqchilar tutgan bir qarich baliqlarini qulochlab, dehqonlar o'zlari yetishtirgan qovun-tarvuzlarni pudlab o'lchagilari keladi. Shunday qilib, og'zaki ijodimizdagi lof janri uchun zamin hozirlanadi. Xalq og'zaki ijodidagi bir necha janrlardagi asarlarda lof- mubolag'a badiiy tasvir vositasi sifatida o'rin olgan. Jumladan, Alpomish dostonida yetti yoshli Hakimbek Olpinbiydan qolgan o'n to'rt botmon yoyni ko'tarib, o'q uzadi va Asqar tog'ining cho'qqilarini uchirib yuboradi. O'n to'rt botmon yoy eng kichik o'lchov bilan hisoblanganda ham bir tonnaga yaqin og'irlikni tashkil qiladi. Tog'ning cho'qqilarini uchirib yuboradigan yoyning o'qini tasavvur qilish ham oson bo'lmasa kerak. Xalq dostonlari va ertaklaridan o'rin olgan mubolag'ali lavhalar ko'p jihatdan loflarga yaqin turadi. Ammo loflar faqat mubolag'ali o'rinlardangina iborat bo'lmaydi. Loflar o'ziga xos fikr musobaqasidir. Ularda ikki taraf ishtirok etadi. Birinchi taraf g'ayritabiiy mubolag'a vositasida o'ziga tegishli narsaning lofini qiladi. Hamma gap ikkinchi tarafning javobiga bog'liq bo'ladi. Chunki ikkinchi taraf birinchi lofchining fikriy mubolag'asini inkor qilmaydi. Aksincha, tasdiqlaydi. Ammo keyingi lofchi mohir askiyaboz va Nasriddin Afandi kabi shunday javob topadiki, avvalgi lofchi ikkilanmay askiya, Nasriddin Afandi va lof namunalaridagi odamni hayratga tushishga majbur qiladigan, kuldiradigan javoblarni o'ziga xos fikriy kashfiyotlar deb qabul qilish mumkin. Xalq og'zaki ijodidagi jamoalik xususiyati ko'proq folklor asarlarining keng ommalashuvida, ularning mukammallashuvida namoyon bo'ladi. Lekin bari bir bu so'z san'ati namunalari qaysidir ijodkor shaxs tomonidan yaratiladi. Va vaqtning o'tishi, birinchi ijodkor nomining ma'lum emasligi oqibatida mazkur asarga jamoa, ya'ni xalq muallif bo'lib qoladi. Shuning uchun ham boshqa asarlar kabi loflar ham umuman o'zbek xalqining zukkoligi, hozirjavobligi, mohir ijodkor ekanligini dalillaydi. Loflar ko'pincha qiziqchilik va askiya aytish bilan shug'ullanadigan odamlar davrasida ijro etiladi. Shuning uchun bir lofchi ikkinchisi bilan lof aytishni boshlagani zahoti musobaqaga kirishadi. Masalan, qiziqchilik va askiyadan ustoz san'atkor hisoblangan marg'ilonlik Yusufjon qiziq mohir askiyaboz Mamajon maxsum bilan lof aytishib qolishibdi: Yusufjon qiziq: -Marg'ilonning yeri xo'b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya! Mamajon maxsum: -Tokini Andijondan parxish qilib olib kelgandirsiz-da,-debdi. Bu misolda Mamajon maxsum fikriy jihatdan Yusufjon qiziqni yengdi. Chunki parxish ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.56 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.56 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: doc