M. Shayxzoda J. Manguberdi

M. Shayxzoda J. Manguberdi

O'quvchilarga / Adabiyot
M. Shayxzoda J. Manguberdi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 12-mavzu: MAQSUD SHAYXZODA Asardagi Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning taqdiri hozirgi kungacha kishilami hayratga solib kelyapti. Buyuk sarkarda, mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Jalo­liddin Manguberdining to'liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad bo'lib, Xorazmshohlarning so'nggi hukmdori hisoblanadi. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida qatnashadi va o'zining jasur jangchi, iste'dodli sarkardalik qobiliyatini namoyish etadi. Mo'g'ul istilochilarining haybatidan cho'chigan otasi Muhammadshoh dushmanga qarshi kurashish o'rniga, go'yo mamlakat xalqi hayotini saqlab qolish bahonasida Samarqandni tashlab orqaga chekinadi. Kaspiy dengizi bo'yidagi Obeskun shahriga yo'l oladi, u yerdan panoh topadi. O'g'li Jaloliddinning da'vat-u undovlari ham foyda bermaydi. Yosh sarkarda kuchli mo'g'ul qo'shiniga qarshi bir o'zi kurashga otlanadi. O'ziga yaqin xon-u beklar va lashkarboshilarning boshini qovushtirib jangga kiradi. Jaloliddin o'z qo'shini bilan eng kuchli mo'g'ul lashkarlarini yengib, dushmanga qiron keltiradi, umrining oxirigacha Vatanimiz hududini yovdan tozalashga harakat qiladi. Sohir sarkarda, haqiqat-go'y, vatanparvar Jaloliddin o'z davrida, keyingi davrlarda tarixchi olimlar, shoir va adiblar tomonidan sharaflan-di. Buyuk davlat arbobi, Vatan fidoiysi haqida ko'plab tarixiy kitoblar, she'r-u dostonlar bitildi. Buyuk tarixchi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviyning «Tarixi Jaloliya», Mirxondning «Ravzat us-safo» asarlarida Jaloliddin Man-guberdi hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirganlar. Buyuk sarkarda haqida ko'plab tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasi abadiylashtirildi. O'lkamizda qahramon tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning yurti Xorazmda Jalo­liddin Manguberdiga haykal o'rnatildi, yirik ko'cha, maydonlar, maktab va muassasalarga uning nomi qo'yildi. 200- yilda oliy darajadagi harbiy mukofot «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi, ushbu orden bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo'shgan harbiylar taqdirlanadigan bo'ldi. Taniqli yozuvchi Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Man-guberdi» tragediyasini 1944- yilda, ikkinchi jahon urushining qizg'in bir davrida yaratdi. Asar o'tmishda chet el bosqinchilariga qarshi xalqimiz olib borgan mardonavor kurashning yorqin sahifalarini sahna asari shaklida yoritish va uni xalqimizning fashizm bilan olib borgan kurashi o'rtasidagi mushtaraklikni ko'rsatish borasida muhim targ'ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi. Ushbu tragediya 1945- yilning yanvarida Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama teatri (Hozirgi O'zbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirildi va tez orada tomoshabinlar, jamoatchilik e'tiborini qozondi. Akademik yozuvchilarimiz Oybek va G'afur G'ulom: «Ko'pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. «Jaloliddin» bu orzumizga javob berishga qodir», - deya e'tirof etganlar. Tragediya mazmuni bilan tanishar ekanmiz, unda M. Shayxzodaning shoirlik, zukko olimlik mahorati to'liq namoyon bo'lganini ko'ramiz. Asar she'riy shaklda yozilgan. Bu usul esa spektakldagi voqealarni aniq-oydin, personajlar xarakterini ta'sirchan, jozibador tasvirlash im-konini bergan. Tragediya matni bir nafasda o'qiladi va u kishiga chuqur ta'sir qiladi, epizodlar va eng murakkab sahnalar ham o'quvchi ongiga borib yetadi. Asarning bosh qahramoni Jaloliddin Manguberdi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga