MAQSUD SHAYXZODA (1908-1967) Maqsud Shayzoda 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug'ilgan. Otasining kasbi shifokorlik bo'lib, she'riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg'usini singdirgan inson edi. 1928-yili u hurfikrliligi, ya'ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg'a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so'ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti O'zbekiston bilan bog'lanadi. Ijodkor avval turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 1935-1938-yillarda O'zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan hayoti so'ngigacha (umrining oxirigacha) Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi bo'lib ishladi. Ilk ijod Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e'lon qilina boshlandi. 30-yillarda shoirning «O'n she'r», «Undoshlarim», «O'n ikki», «Loyiq soqchi», «Yangi devon», «Saylov qo'shiqlari», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to'plamlari dunyo yuzini ko'radi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo'q qilish, hayotni, tiriklikni, shon-u sharafni (tinchlikni) saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da'vat etgan asarlari: «Kurash nechun»; «Jang va qo'shiq»; «Kapitan Gastello»; «Ko'ngil deydiki» kabi to'plamlar. TARANNUM Maqsud Shayxzoda urushdan so'nggi tinch qurilish yillari yana qaytadan nohaq qatag'on qilinganiga qaramay, farovon hayot va bunyodkorlik zavqini tarannum etuvchi she'rlardan iborat «O'n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu'la», «Chorak asr devoni» kabi to'plamlarini nashr ettiradi. DOSTONLAR «O'rtoq mulk»; «Tuproq va haq»; «Chirog'»; «O'rtoq»; «Meros»; «Ovchi qissasi»; «Iskandar Zulqarnayn»; O'n birlar»; «Jenya»; «Oqsoqol»; «Ahmadjonning hikmatlari»; «Uchinchi o'g'il»; «Nurmat otaning tushi». Zabardast olim Zabardast olimimiz o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, xalq og'zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, A. N. Ostrovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Chexov kabi namoyandalariga bag'ishlangan asarlar yaratgan. MOHIR TARJIMON Shayxzoda mohir tarjimon sifatida Sh. Rustaveli, V. Shekspir, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning asarlarini o'zbek tiliga ag'dargan. Shoir 1967-yilning 19-fevralida hastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so'ng 6 jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. 2001-yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Mashhur dramasi «Jaloliddin Manguberdi» dramasi «Mirzo Ulug'bek» dramasi Ana shu 2 dramadagi bosh qahramonlar: Jaloliddin Manguberdi va Mirzo Ulug'bek rollarini O'zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov ijro etgan! MIRZO ULUG'BEK DRAMASI Mirzo Ulug'bek kim? Asl ismi Muhammad Tarag'ay. 22.03.1394-yil Eron Ozarbayjonining Sultoniya shahrida tug'ilgan. 27.10.1449-yil Samarqandda vafot etgan. Buyuk o'zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning o'g'li, Amir Temurning nabirasi. Qatnashuvchilar Mirzo Ulug'bek ibn Shohrux - buyuk olim, Movarounnahr hukmdori; 56 yoshda. Abdullatif Mirzo - uning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.38 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.38 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: pptx