11-sinf adabiyot darsligi asosida 3-mavzu: Mahmud Koshg'ariy DEVONU LUG'OT AT-TURK Asardan parchalar DEVONU LUG'OT AT-TURK «DEVONU LUG'OT AT-TURK» ASARI HAQIDA «Devonu lug'ot at-turk» XI asrda yozilgan bo'lsa-da, unda jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha qadimgi davrlarida vujudga kelgan. Ular xalq og'zaki ijodin ing juda qadimiy namunalaridir. Ularda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e'tiqodlari, marosimlari bilan bog'lanib ketadigan badiiy lavhalar ko'p. Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag'ishlangan. Alp yer To'nga1 marsiyasi, «Oltin qon» rivoyati, Yabog'u (yobg'u)lar, tangutlar bilan bo'lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog'liq afsonalar shular jumlasidan. Bu yodgorlik vositasida XI asrgacha bo'lgan adabiyotdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lamiz. «Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar bor. Muallif hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalga n adabiy parchalar haqida gapirib o'tgan. Shuningdek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar bergan. Jumladan: Yir - kuy, maqom Ko'pincha bu so'z she'rga nisbatan qo'llanadi. Bu so'z ir tarzida ham talaffuz qilinadi. Qo'shug' - she'r, qasida, qo'shiq. «Devonu lug'ot at-turk» asaridagi xarita «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to'rtliklar tashkil qiladi. Adabiyotda to'rtlik shakliga tayanadigan she'riy janrlar (to'rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba' )ning riv ojlangani ma'lum. Mahmud Koshg'ariy ularni, asosan, qo'shug' yoki she'r deb nomlagan. Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go'zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi mavzulardir. «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog'liq bo'lgan she'riy parchalar katta o'rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg'uloti, ishonch-e'tiqodlarining ifodasi juda ochiq ko'rinadi. Ularda turkiy xalqlarning hayot manzaral ari o'z aksini topgan. Yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo'naltirish qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalaridir. «Erdi ashin taturg'an» she'rida esa marhumning boshqa kis hilar bilan munosabatlarida namoyon bo'ladigan xislatlariga urg'u beriladi. Gap qabilaning sobiq jasur a'zosi haqida ketmoqda. U vafot etgan. Ammo uning tirik paytidagi ko'plab fazilatlari boshqalarga hali-hanuz namuna bo'la oladi. Bu yerda marhumn ing ochiqqo'l, mehmondo'st va qo'rqmas, dovyurak, shijoatli ekani alohida ta'kidlanmoqda. «Devon»da ko'plab lirik qo'shiqlar ham mavjud. Ularda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg'ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Tabiat manzaralarining o'zidayoq nozik va jonli kuzatishlar ko'zga tashlanadi. Tabiat va yurt go'zalligi vositasida ta- biat hod isalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli o'zgarish va kechinmalar juda ixcham, go'zal va ta'sirchan ifoda etiladi. Lirik qo'shiqlarning bir qismi bevosita kishilarni qurshagan olam haqida. Ularda turkiylarning doimiy yo'ldoshi - otlar ham alohida mavqe tutadi. Bunday she'rlarda otlarning holati, harakati alohida ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.27 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.27 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: ppt