11-sinf adabiyot darsligi asosida 2-mavzu: Mahmud Koshg'ariy (XI asr) XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san'ati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi. Bu davrda Qoraxoniyl ar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan edi. 992-yilda qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallaydi. Ammo ular bu shaharlarni o'zlariga poytaxt qilmadi. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari Isfijob (Sayram), O'tror, Shosh, Bolasog'un, Xo'tan bo'lib, ularning davlati Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini o'z ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bug'raxon, Tamg'ochxon va Ibrohim Bo'ritegin davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan. Qoraxoniylar davrida Bolasog'un, Sayram, Shosh, Taroz shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to'plangan. Mahmud Koshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. So'ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan. «Devonu lug'ot at-turk» Mahmud Koshg'ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru - merosdir. Bu asarda olim turkiy tildagi so'zlar ma'nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namu- nalarga murojaat etadi. Muallifning: «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, saj' (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo'lgan she'r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo'llanib kelgan she'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlardan, maqollardan kel tirdim», - deyishi bejiz emas. «Devonu lug'ot at-turk» asari 1072-yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar 15-20 yillar davomida to'plangan. Mahmud Koshg'ariyning o'zi: «Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim», - deb yozadi. Muallif: «Kitob hijriy 464yil jumodulavval boshlarida boshlandi va to'rt karra yozilgan (ko'chirilgan)dan va tuzatilgandan so'ng 466yil jumodul oxirning 12 kuni (1074yil) bitirildi», - deb ko'rsatgan. «Devonu lug'ot at-turk» asarining qo'lyozma sahifalaridan namuna Kitobga «Devonu lug'ot at-turk» («Turkiy tillar lug'atlari») deb nom berilgan. U Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag'ishlangan. Mahmud Koshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi. «Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Koshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.11 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: ppt