Mahmud Qoshg'ariy va uning Devonu lug'otit turk asari Reja: Mahmud Qoshg'ariyning hayot yo'li va adabiy merosi. Mahmud Qoshg'ariy adabiy merosining o'rganilishi. Devonu lug'otit turk- qomusiy asar. Devonu lug'otit turk asaridagi adabiy istilohlar. XI asrning yirik olimi Mahmud Qoshg'ariy Movarounnahrni Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada urf bo'la boshlagan paytda yashab ijod etgan. Bobosi Muhammad asli Qoshg'arlik bo'lib, Mahmud Qoshg'ariy Bolasog'unda tug'ilgan. Kelib chiqishi va va tiliga ko'ra Koshg'ariy nisbatini olgan. Yigitlik yillarini Bolasog'unda o'tkazgan Mahmud Qoshg'ariy umrining katta qismini turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalarni kezib, ularning madaniyati, tili, sheva va lahjalarini o'rganish, adabiy til bilan chog'ishtirish, material to'plash bilan o'tkazadi. O'zining bu ishlari haqida olim bunday deb yozadi: Men turklar, turkmanlar, o'g'izlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni aniqlash uchun ham qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim. (M.Qoshg'ariy. Devonu lug'otit turk. 1-j. T., 1960, 44-bet.) O'z ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida umrining yetuk davrida Javohirun nahv fi lug'otit turk (Turkiy tillarning sintaksis qoidalari) va Devonu lug'otit turk asarlarini yozadi. Birinchi asar bizgacha yetib kelmagan. Ikkinchi asar hozirgi hisob bilan 1072-1074-yillarda yozib tugatilgan va abbosiy xalifalar avlodidan bo'lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag'ishlangan. Asarning asosiy matni o'sha davr an'anasiga ko'ra arab tilida yozilgan bo'lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yaratilgan, deb taxmin qilish mumkin. Devoni lug'otit-turk asari endilikda barcha turkiy xalqlar tillari, jumladan, o'zbek tili tarixini o'rganishda beqiyos yodgorlikdir. Mahmud Qoshg'ariyning adabiy merosini o'rganish bo'yicha bir qancha o'zbek olimlari, turkologlar tadqiqotlar olib borishgan. Fitrat, Mutallibov, Stebiva, Reshetov, Abdurahmonov, Rustamov kabi olimlar Mahmud Qoshg'ariyning qadimgi turkiy tillarni o'rganishga buyuk hissa qo'shgan o'z davrining o'ta bilimdon olimi ekanligini ta'kidlaydilar. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Qoshg'ariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi, deb tan oladi. Devonu lug'otit turk sahifalari bilan tanishar ekanmiz, ko'z oldimizda Mahmud Qoshg'ariy georgraf, botanik, zoolog, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarxichi olim sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham olimni qomusiy olim, asarni esa qomusiy asar deya olamiz. 8 bo'lim, muqaddima va xulosa qismlaridan iborat bo'lgan ushbu asarning har bir bo'limida ot-ism so'zlar, fe'llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. Unda 7500 dan oshiq turkiy so'z va iboralar izohlangan. Lug'atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o'lka nomlari, daryo, tog', yaylov, vodiy, dara, yo'l, dovon, ko'l, soy kabi jug'rofiy atamalar, turli qabila, urug', elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
57.16 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
57.16 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: zip, doc