Majolisun - nafois asarining fonetik va morfologik xususiyatlari

Majolisun - nafois asarining fonetik va morfologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Majolisun - nafois asarining fonetik va morfologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O'zbek tilshunosligi kafedrasi SHONAZAROVA DILAFRO'Zning 5.220100- O'zbek filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavri darajasini olish uchun yozilgan (IV-kurs 43-guruh) Majolisun-nafois asarining fonetik va morfologik xususiyatlari mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar dots. Jumayev T. Himoyaga tavsiya etilsin O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiridots. X. Jabborov 2012 QARSHI-2012 Mundarija Ishning umumiy tavsifi …… 3 Kirish …….….……5 I bob. Alisher Navoiyning «Majolisun-Nafois » asarining fonetik xususiyatlari……8 1-§. Majolisun-nafois asari tilining fonetik bo'laklari…….8 2-§. «Majolisun-nafois» asarining undoshlar tizimi……15 3-§. «Majolisun-nafois» asari tilida uyg'unlashuv……20 4-§. Tanglay uyg'unligi…….21 5-§. Lab uyg'unligi……22 6-§. Jaranglilik va jarangsizlik uyg'unligi……24 II bоb. Majolisun-nafoisasarining morfologik xususiyalari……26 1-§. Ot……26 2-§. Sifat…….35 3-§. Оlmоsh……37 4-§. Sоn……39 5-§. Fe'l……41 6-§. Ravish…….53 7-§. Bоg'lоvchilаrning qo'llаnishi……54 8-§. Ko'mаkchilаrning qo'llаnishi……59 9-§. Yuklаmаlаr ning ishlatilishi……62 Umumiy xulosalar…….60 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……61 ISHNING UMUMIY TAVSIFI Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodi davomida ham badiiy, ham ilmiy, ham tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlar bunyod qilib, o'zbek tilining badiiy va lisoniy imkoniyatlarining naqadar keng ekanligini isbotlab berdi. Ma'lumki, o'sha davrda o'zbek kitobxonlarining bir qismi fors-tojik tilidagi adabiyotdan bahramand bo'lsa ham, ko'pchiligi undan foydalana olmasdi. Shu sababli Alisher Navoiy: «Bu alfoz va iboratda bu nav' daqoyiq ko'pdirkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig'a mulohaza qilmag'an jihatidin bu yashurun qolibdur Va filhaqiqat, agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chu bu lafzda vus'at (kenglik) va maydonida muncha mus'hat (ochiqlik) topilur» deb yozdi va o'zbek shoirlarini o'z ona tilini mukammal bilishga chaqirdi. Demak, bobomiz Alisher Navoiy ta'kidlaganidek, ona tilimizning o'rganilishga fonetik va molik imkoniyatlar azaldan bisyor, hozirgi kunda ham bu masala o'rganilishga molik mavzu hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Alisher Navoiy ijodi fonetik, morfologik jihatdan ko'p martalab tadqiq obekti bo'lib kelgan. Shuning uchun Alisher Navoiy ijodinig eng yorqin durdonalaridan biri bo'lmish Majolisun-nafois asarini fonetik va morfologik jihatdan o'rganishni maqsad qilib oldik. Biz o'z ishimizda Majolisun-nafois asarinining fonetik va morfologik sathlari qay yo'sinda voqelanganligi tadqiq etish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Bu masala yana shuning uchun dolzarbki, Alisher Navoiy qo'llagan lisoniy birliklar dugungi kunda ham ona tilimizning faol leksik birliklari hisoblanadi. Garchi bu birliklar hozir fonetik farqlarga ega bo'lsa ham, ayrim sinonimik birliklar iste'moldan chiqqan bo'lsa ham, ularning semantik imkoniyatlari tilimizning faol nutqiy figuralar sifatida yashab kelayotganligini ochib berish zarurati mavjud. Ishning mаqsаd vа vаzifаlаri. Bu quyidаgi muаmmоlаr yеchimini tаqоzо etаdi: Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois» asarining fonetik tizimi: a) unlilar; c) undoshlar; d) singarmonizm. II.Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois» asari morfologiyasi: a) mustaqil so'z turkumlari; b) yordamchi so'z turkumlari. Isnning ilmiy yangiligi. Alisher Navoiyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.64 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 106.64 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga