Manas- qirg'iz xalqining qahramonlik eposi Reja: 1. «Manas» - qirg'iz xalqining uzoq o'tmishini yorituvchi yorqin sahifa. 2. «Manas» va o'zbek dostonchiligi haqida. 3. «Manas» dostonining qisqacha mazmuni. «Manas» - qirg'iz xalqining uzoq o'tmishini yorituvchi yorqin sahifa. Manasning nomi hamisha qirg'izlar uchun tabarruk. Qadimdan Urxun, Oltoy, Enasoy, Olatog'un makon tutgan, juda ko'p qirg'inbarotlarni boshidan kechirgan ota-bobolarimiz ulkan imoratlar, ko'rkam shaharlar, mustahkam qal'alar qurishga imkon topolmadilar. Ular ona yurtni yovdan himoya qilib, ot yolida gurung qilib ajoyib so'zlar vositasida buyuk yodgorlik bunyod etdilar. Ulug' shoirlar, ajoyib dostonchilar avloddan-avlodga ma'naviy meros qilib bu yodgorliklarni XXI asrgacha olib keldilar. Manas- tabarruk so'zlar gavharidan iborat buyuk doston. Unda elning tarixi, quvonch va qayg'usi, omonlik va yomonlik, g'aroyib taqdirlar o'z ifodasini topgan. «Hayotimning ko'pchilik qismini «Manas» ni o'qishga sarfladim. Buning uchun hamisha shukrona qilaman. Ketgan vaqtim uchun aslo qayg'urmayman»,-deb yozadi qirg'iz yozuvchisi, akademik Tug'alboy Siddiqbekov. Bir necha asrlardan buyon og'zaki aytilib kelingan «Manas» hozirgi kun talabiga yarasha nasrda bayon qilish boshlanmoqda. Bu ishni iqtidorli adiblardan biri Kengash Jusupov amalga oshirdi va hammabop bo'lishga harakat qildi. Ayrim parchalar tushib qoldirilgan bo'lsada, asar mazmuniga salbiy ta'sir ko'rsatmagan. Nasrda qirg'iz xalqining tarixi, manasning qahramonligi, insoniy fazilatlari, haqiqat uchun olib borilgan kurashlari ko'z o'ngimizga yaqqol gavdalanadi. Oloy va Oltoy o'rtasida tarixdek tirqirab ketgan, kindik qoni to'kilgan yeridan, mosuvo bo'lgan, keyinchalik bir-birini topib qaddini tiklagan qirg'iz xalqining qahramonlik dostoni bir o'zbek millatining ham sevimli dostonidir. Bu doston dastlab Mirtemir, Sulton Akbariy va Tursunboy Adashboyev tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Doston mazmuni. Qora Xitoy xoni Esekxon Nug'ayxon askarlarini yer bilan yakson qilib, yerlarni bosib oldilar. Kug'ayxon yorug' dunyoni tark etdi. Turk qavmidan ahillik yuz o'tirdi. Kug'ayxondan qolgan to'rt o'g'il O'rozli, Usan, Boy, Jaqip boshi oqqan tomonga yo'l oladilar. Biri Oltoyga, biri Uralga, yana biri Qashqarga, biri Tebitga haydaddi. Qirq uyli qirg'iz bilan Jaqip Oltoyga keldi. Oqbolta bilan tanishdi. Jaqip qalmoqlar bilan qo'shnichilikni yaxshi yo'lga qo'ydi. Ko'plab boyliklar orttirdi. Afsus u tirnoqqa zor edi. Jaqip tush ko'rdi. Tushida ulkan qushni tutib olgani, qushga ilondan uzun bog'langanink xotiniga aytdi. Bu ajoyib tush uchun to'y qildi. To'yning dovrug'i Esenxonga ham yetib bordi va u g'azablandi. Bu o'jar xalqni qandoq bo'lmasin yer yuzidan supirib tashlamoq kerak deb saroyga folbin va bashoratchilarni to'pladi. Ular yulduzlar harakatiga qarab Esenxonga shunday dedilar:- Taqsir bunga tugal javobni Bejindagi Qoraxonning o'rdasida ochiq osmon ostida shakllanayotgan sandikdagi kitobda yozib qo'yilgan. O'shanga vakil yuborib, o'qitib ko'raylik. Josuslar kitobdagi yozuvni o'qib, Esenxonga yetqazdilar. «Shimoldagi Burutlardan Manas ismli bir pahlavon bola tug'iladi. Uning ortida qora ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
426.31 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
426.31 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc