MAQSUD SHAYXZODA Reja: Maqsud Shayxzodaning hayot va ijod yo'li. Shayxzodaning she'riy asarlari. Jaloliddin Manguberdi va Mirzo Ulug'bek dramalarining o'zbek adabiyoti ravnaqidagi o'rni. Inson qadr topan joyida aziz. Taqdir ba'zan bir go'shada dunyoga kelgan kishiga iqtidori bois boshqa bir yerda porloq tole in'om etadi. Buyuk Bedil bizning yurtimizda tug'ilib Hindistonda shuhrat topdi. Rus shoiri I.A.Brodskiy siyosiy qarashlari uchun vatanidan badarg'a qilinib, Amerika Qo'shma Shtatlarida yashadi, shu yerda jahonda tanilib, Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi. O'zbek adabiyotida o'zining munosib o'rniga ega bo'lgan Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi ham xuddi shunday kechdi. Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Tanja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug'ildi. Otasi Ma'sumbek o'z davrining peshqadam ziyolilaridan bo'lib, elu-yurtda katta obro'ga ega shifokor edi. Maqsud Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku dorilmualliminiga o'qishga kiradi. U yerda Abdulla Shoiq, Husayn Jovud kabi mashhur odamlarning ma'ruzalarini tinglaydi, ular ta'sirida adabiyotga mehri ortadi. 1925-yili dorilmualliminni bitirgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan o'qiydi. Endigina ish faoliyatini boshlaganda, otasi aksilsho'raviy unsur sifatida qamoqqa olinadi. 18 yoshga to'lib-to'lmagan Shayxzoda ta'qib ostiga olinadi. Bo'lajak shoir jon saqlash uchun ona-yurtidan chiqib ketishga majbur bo'ladi. Shu tarzda u 1928-yili Toshkentga keladi va umrining oxiriga qadar shu yerda yashab qoladi. Lekin Toshkentda ham Stalin zulmining iskanjasidan butunlay qutilib ketolmadi. 50-yillar boshida uni mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Shaxsga sig'inish fosh etilgandan keyingina u O'zbekistonga qaytadi. Muhimi shundaki, Shayxzoda hayotining o'nqir-cho'nqirlariga qaramay, umrining oxiriga qadar o'zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko'rsatdi va O'zbekiston uning ikkinchi vatani bo'lib qoldi. Maqsud Shayxzodaning she'rlari 1929-yildayoq matbuotda ko'rindi. Ammo uning o'zi bu she'rlarni hali chinakam poeziya namunasi deb hisoblamas edi. Oradan ko'p o'tmay Shayxzodaning birinchi to'plami O'n she'r bosilib chiqadi. Keyin Undoshlarim (1933), Uchinchi kitob (1934), Jumhuriyat (1935) kabi to'plamlari nashr etiladi. Maqsud Shayxzoda fikricha va iqroricha hayotdagi buyuk ne'matlardan biri she'riyat, tengsiz go'zalliklardan biri she'rdir. Shuning uchun kerak, u she'riyatning deyarli barcha janrlarida samarali ijod qildi. Oybek o'zining O'zbek poeziyasining tarixiy taraqqiyoti to'g'risida nomli maqolasida shunday yozadi: Shayxzoda she'rlarining fermasi rang-barangdir. U ruboiy, ballada, poema va lirik she'rlar formasidan foydalanadi. Urush yillarida Shayxzodaning o'zbek tilida Kurash nechun?, Jang va qo'shiq, Ko'ngil deydiki, rus tilida Saaz, Grozoyu rojdennie, Serdtse govorit kabi to'plamlari bosildi. Urush yillarida Shayxzoda ijodining yangi xususiyatlari nomoyon bo'ldi. Bu yillarda shoir she'riyatining xalq hayoti bilan aloqasi mustahkamlanganligini, odamlarning ichki dunyosini, ma'naviy fazilatlarini yanada chuqur ocha boshlaganini ko'rasiz. Ana shu yillarning mohiyatini ochuvchi Kurash nechun?, jang qahramonlarini ulug'lovchi Kapitan Gostello, mamlakat ichkarisidagi odamlarning fidokorona mehnatini tarannum etuvchi (Bog'bon, Asalchi, Yigiraman, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
949.6 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
949.6 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: zip, doc