Mashrab she'riyati va xalq og'zaki ijodi

Mashrab she'riyati va xalq og'zaki ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Mashrab she'riyati va xalq og'zaki ijodi - rasmi

Material tavsifi

Mashrab she'riyati va xalq og'zaki ijodi MAVZUSIDA YOZGAN BITIRUV MALAKAVIY ISHI Reja Kirish I.BOB. O'zbek adabiyotida Mashrabshunoslik muammolari I.1. Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi I.2. Mashrab she'riyatining g'oyaviy xususiyatlari II.BOB. Mashrab va xalq poeti ijodi II.1. Shoir she'riyatida xalq maqollarining o'rni II.2. Mashrab lirikasida irsoli masal va talmeh san'atlarining ishlatilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu esa о'tmish tariximizni, ma'naviy qadriyatlar va merosimizni mustaqillik ehtiyojlari nuqtai nazaridan qayta kо'rib chiqib, ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qо'lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me'morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bо'lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. Bu sо'zlar milliy adabiyotimiz tarixini о'rganayotgan olimlar uchun dasturulamaldir. Shu vaqtgacha о'nlab adiblarimiz va allomalarning adabiy, diniy va tarixiy merosi qayta о'rganilib, asarlari nashr qilindi. Shular qatori ulug' shoir Boborahim Mashrabning ijodiy merosi turli yо'nalishlar bо'yicha ilmiy-nazariy jihatdan о'rganildi, о'rganilmoqda. Ayniqsa, uning adabiy merosini tо'plash va nashr etish borasida samarali ishlar qilindi. Mashrabning jumboqlarga tо'la hayoti va ijodiy merosi haqida manbalar tо'plandi, uning lirikasi Devon holida nashr etildi. Shoir lirik asarlarining g'oyaviy-tematik jihatlari, mahorati, poetik tili, ijodiga doir ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ko'p asrlik boy adabiyotimizning chuqur mazmundoorligi va keng ko'lamini ming bir xil rang va jilovlarini uning turli tuman ohang va navolarini Lutfiy va Navoiy, Bobur va Mashrab, Gulxaniy va Turdi, Ogahiy va Mo'nis, Muqimiy va Furqat, Avaz va Zavqiylar bilan yonma - yon qalam tebratib xalqimizning ezgu intilishlari orzu - umidlarini, quvonch - shodligi va dardu hasratlarini kuylagan Boborahim Mashrab ijodisiz tasavvur etish qiyin. Boborahim Mashrab asarlarini ayniqsa uni she'riy ijodini tahlilq qilish, o'rganish,uning merosini u haqidagi turli - tuman qarashlarni qiyosiy tahlil etish bugungi kun o'zbek adabiyotining asosiy masalalaridan biridir. Mashrab ijodining tarixiy-filologik, xronologik, falsafiy va tilshunoslik nuqtai nazaridan о'rganilganligi, kelgusida qilinadigan ishlarni aniq belgilab olish imkonini beradi. Shо'ro davrida ham bu borada salmoqli ishlar qilingan. Biroq shoir adabiy merosi xususidagi ilmiy maqola va risolalar о'sha davr mafkurasi talablari asosida baholandi. Shunga qaramay, ular fakt va dalillarning kо'pligi bilan katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunga kelib Mashrab ijodi matnshunoslik aspektida ham о'rganilmoqda. Ilmiy qayd va xulosalarga suyanib turib, shoir merosining hali yetarli tadqiq etilmagan jihatlari kо'p ekanini ta'kidlash kerak. Mashrab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 84.54 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 84.54 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga