Mahmud QOSHG'ARIYNING ,,DEVONI LUG'ATI TURK ASARI HAQIDA REJA: Mahmud Qoshg'ariyning hayoti va ilmiy faoliyati to'g'risida Asosiy qism ,,Devoni lugati turk asarini o'rganish tarixi ,,Devoni lugati turkning manbalari tarkibi va tartibi 1. Kirish. Mahmud Qoshg'ariyning hayoti va ilmiy faoliyati to'g'risida. Birinchi turkolot Mahmud Qoshg'ariyning asl ismi Mahmud Ibnul Xusayn ibn Muhammadali Qoshg'ariy bo'lib uning bobosi Qashqarda tug'ilgan bo'lsa ham asosan Bolasog'unda yashagan. Ba'zi manbalarda Qoshg'ariyning to'liq ismi Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Mahmud Qoshg'ariy Qoshg'ar shahrining janubi G'arbidagi O'pol qishlog'ining o'g'iz mahallasida tug'ilgan. U Qoraxonning xukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Xusayn ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) ,,Arslon Elik nomi bilan 1056 - 1057 yillarda Barsixon amiri bo'lgan. Mahmudning ona tomonidan buvasi Xoji Sayfiddin buzrukvor bo'lgan. Mahmud Qoshg'ariy Samarqand Buxoro Bog'dodda tahsil olgan. Arab fors rumoniy kabi 8 - 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg'in paytida ota yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg'ariy haqida bizgacha juda oz ma'lumot yetib kelgan. Bu ma'lumotlar ham uning ,,Devonu lug'atit turk'' asari orqali yetib kelgan. Devonu lug'atit turkdan yana bir narsa ma'lumki Mahmud Qoshg'ariy bu lug'at bilan bog'liq bo'lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug'otit turk (turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg'ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi. 1. Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir ,,ya'ni amir Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg'ariy asar boshida o'zi to'g'risida so'zlab o'zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. Mahmud Qoshg'ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so'zlardan M.Qoshg'ariy Buxoro va Nishopurda bo'lgan deb taxmin qilish mumkin. Mahmud Qoshg'ariy va uning asariga bag'ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg'ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo'lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog'dod musulmon olimlarning markazlari qayta - qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va huquqshunoslik hisob, qur'on va xadis o'rgatilgan. Mahmud Qoshg'ariy ,,Devoni lug'atit turkda yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid bilimlarni ehtimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg'ariy turk yerlari bo'ylab qilgan ko'p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma'lum: ,,Men turklar, turkmanlar, og'izlar, chiginlar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim. Lug'atlarni turklari turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o'g'izlar, chiginlar, yag'molar, qirg'izlar qabilalarining ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc