Mahmudxo'ja Behbudiy ijodiy faoliyati Reja: 1. Behbudiyning hayot yo'li 2. Behbudiy yuksak shariat maqomlarining egasi. 3. Behbudiy yangi maktablar tashkilotchisi. 4. Behbudiy-dunyo ko'rgan olim. 5. Behbudiy yozgan maktab darsliklari. 6. Behbudiy va teatr. 7. Behbudiy va matbuot. 8. Behbudiy ma'rifatdan siyosatga. Mahmudho'ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisidir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida XX asrning 20-yillarda mahalliy matbuotda S.Ayniy, Xoji Muin, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan qator maqola va xotiralar e'lon qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka erishilgandan so'ng jadidlar faoliyatini o'rganishga qiziqish kuchayishi bilan Behbudiy ham qayta kashf etila boshlandi. Tarjimai holini yoritishda Hoji Muinning 1922-23 yillarda o'zi muharrirlik qilgan «Mehnatkashlar tovushi» (1922), «Zarafshon» (1923) gazetalarida chop etgan maqolalari muhim ahamiyatga ega. Xoji Muinning yozishicha, Mahmudxo'ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi bahshitepa qishlog'ida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo'ja Soliqxo'ja o'g'li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo'ja Urganchlik bo'lib, amir Shoxmurod zamonida (1780-85) Samarqandga kelib qolgan. Imom - xatiblik bilan mashg'ul bo'lgan otasi Behbudxo'ja 1894 yili vafot etadi. Mahmudxo'ja yoshligidan tog'asi, qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasida bo'ladi. Arab sarfu nahvini kichik tog'asi Odildan o'rganadi. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qila boshlaydi. Darvoqe, Behbudiy Samarqand, Buxoro madrasalarida an'anaviy madrasa ilmlarini puxta egallaganligi 1915 yilda etnograf G.Andreyev savollariga bergan - javob sharhlaridan bilinib turadi. (Turkes. Vedomosti. 1915.17.sen). Ko'p qirrali olim katta diniy va dunyoviy bilimlar sohibi Behbudiy shariatining yuksak maqomlari-qozi, mufti darajasigacha ko'tariladi. 1899-1900 yillari Behbudiy Buxorolik do'sti Xoji Baqo bilan xaj safariga chiqadi. «1318 sanai hijriyada tavofi Baytullog'a Kavkaz yo'li ila Istambul va Misr al-+ohira vositasi-la borib edim. Muddati safarim 8 oydan ziyoda cho'zulib edi»-deb yozadi o'zi. «Oyna» j. 1914 y. 31 sonida. Olimning dunyo kezishi, kuzatishi izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi bilan 1903 yilda Samarqand yaqinidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabalik (A.Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu usuli savtiya maktablari uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Uning ketma-ket 1904 yili «Risolai asbobi savod», 1905 yili «Risolai jug'rofiyai umroniy», «Risolai jug'rofiyai Rusiy», 1908 yili «Kitobat-ul atfol», «Amaliyoti islom», 1909 yili «Tarixi islom» kabi kitoblari nashr etiladi. Mahmudxo'ja 1903-1904 yillarda Moskva, Peterburgga borib keladi. 1906 yilda +ozon, Ufa, Nijniy Novgorodda bo'ladi. Bular sayohat emas xizmat safari edi. U Nijniy Novgorodda 1906 yilning 23 avgustida Rusiya musulmonlarining turmush madaniyati muammolariga bag'ishlangan qurultoyda turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq so'zlaydi. Ma'rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo'lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
424.74 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
424.74 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc