Maxmur Maxmur X1X asrda satirik poeziyani kuchli asarlari bilan boyitgan, feodal-klerikal reaktsiyaning ayrim namoyandalarini shafqatsiz tanqid qilgan, o'sha davrdagi mehnatkashlarning oo'ir va ayanchli ahvolini haqqoniy tasvirlagan talantli satirik shoirdir. Maxmurning adabiy tarixi bo'yicha tuzilgan dastlabki to'plamlariga uning faqat «hapalak» she'ri kiritilgan edi, xolos. «Оzbek adabiyoti xristomatiyasi», 1945. 1950 yilda shoir she'rlarining bir qo'lyozma nusxasi topildi (Оz SSR FAShIda saql.) Bu qo'lyozmada Maxmurning muxammas, musatazod, masnaviy, ruboiy, qit'a kabi 69 asari (3417 misra0 mavjud. 1956 yilda A.Qazmovning «Maxmur» asari nashr etildi. Bu asarda shoirning Uzbek va tojik tilida yozgan she'rlari hamda tojik tilida yozilgan asarlarining nasriy tarjimasi berilgan. Shoir Maxmur XUSh asr oxiri-X1X asr boshlarida Qo'qon shahrida yashab ijod etgan mashhur shoir Akmalning o'o'li edi. Buni Fazliy «M.Sh» da ko'rsatadi. Maxmur o'zining bir she'rida shunday yozadi: Shaho, kamina duogo'yi ibni Akmalro, Zi ro'm lutfu tarahhum (ibni) zi o'ussa soz raho. (Ey shoh, Akmalning o'o'li men duogo'yni lutfu tarahhul bilan o'ussadan qutqar). Aytishlaricha Maxmurning onasi o'z davrining tanilgan hattotlaridan bo'lgan Turdialining qizi bo'lgan va hapalak qishloo'ida istiqomat qilgan (she'). Ismi Mahmud bo'lib, Maxmur adabiy taxallusini qabul qilgan shoir taxminan XUSh asrning oxirgi choragida Qo'qonda tuo'ilgan. U Qo'qondagi madrasai Mirda o'qigan. Shoirning bolalik, yoshlik yillari to'o'risida etarli ma'lumot yo'q. Ammo quyidagi voqea uning yoshlik choo'laridayoq adabiyotga qiziqqani, she'rlar yoza boshlaganini, ustozlar orasida tanilganini tasdiqlaydi. Maxmur o'z otasi-shoir Akmal bilan birga bir guruh shoirlar majlisida-she'r bahsida ishtirok qiladi. Majlis ahli uncha ahamiyat bermaydi. She'r o'qish navbati Maxmurga kelganda, u o'zining bir she'rini o'qib beradi. She'rning mazmuni Maxmurning iste'dodli ekanini ko'rsatib turadi. Shundan so'ng majlis ahli unga ofarinlar aytadilar. Shoir ijodida uchraydigan qator she'rlar uning hayot tarzini oilaviy hayoti haqida ma'lumot beradi. Maxmurning uch bolasi bo'lgan. Uning oilasi haddan tashqari oo'ir iqtisodiy ahvolda yashagan. Maxmur o'zining bir she'rida bolalarining och va ular hatto hayit kunlarini ham kiyimsiz o'tkazganlari haqida zorlanib, bunday deb yozadi: Har se atfoli duogo'yo, ki hazrat donad, Har sero banda tasadduq kunam az hazrati xon. Ro'zi id ast, nadorand libose har se, Ongi zodand zamin nav hamon, tarz hamon. (Tarjimasi).(Bu duogo'yning har uch bolasini, hazrat biladilar, har uchalasini bunda xon hazratlariga tasadduq qiladi. Bugan hayit kuni har uchovida ham biror kiyim yo'q. Qanday holda tuo'ilgan bo'lsa, hozir ham o'sha turda, o'sha tarzda). Shoir oilaviy qashshoqligini uning bir qancha she'rlari tasdiklaydi: Kechalari yotgani na qo'shim bor, Kunduzi ichgani na no'shim bor. Bir hovuch na uyda o'allam bor, Ikki gaz na boshimda sallam bor. Boshimga gaz desamki, salam yo'q. Salla desam uyimda o'allam yo'q. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.18 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.18 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc