Maxsus bibliografik qo'llanmalar

Maxsus bibliografik qo'llanmalar

O'quvchilarga / Adabiyot
Maxsus bibliografik qo'llanmalar - rasmi

Material tavsifi

Maxsus bibliografik qo'llanmalar Reja: Ilmiy-yordamchi bibliografik qo'llanmalar Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo'llanmalar Tavsiya bibliografik qo'llanmalar Ilmiy-yordamchi bibliografik qo'llanmalar Ilmiy-yordamchi bibliografik qo'llanmalar ilmiy tadqiqot ishida yordam berish maqsadida tayyorlanadi va olimlarga, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, ilmiy tashkilot va muassasalarning rahbarlariga, shu soha mutaxassislari va talabalarga mo'ljallanadi. Ilmiy-yordamchi bibliografiyalarga mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan asarlar olinadi. Unga kitoblar, gazeta-jurnal, to'plamlardagi maqolalar, standartlar, nizomlar, patentlar, dissertatsiyalar, hisobot va boshqa materiallar kiritiladi. Materiallarni qamrab olishning to'laligi turlicha: ayrim bibliografiyalarda axborot iloji boricha to'la keltiriladi, boshqalarida esa tanlangan holda olinadi. Buning uchun bir-birini to'ldirib boruvchi, o'zida mustaqil bibliografik nashrlar (bibliografik ko'rsatkichlar, ma'lumotnomalar, sharhlar)dan tashqari nodavriy, davriy va davomli ilmiy nashrlarni ham birlashtiruvchi retrospektiv qo'llanmalar yig'indisidan tashkil topgan ilmiyyordamchi bibliografiyalar kerak bo'ladi. Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo'llanmalar. Bu qo'llanmalardan yangi hujjatlar haqida tezkor va muntazam 8 - Bibliografiya axborot berishda foydalaniladi. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiytadqiqot ishi bilan shug'ullanuvchilarga fanning, ilmning rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o'rganib borish imkonini beradi. Axborotning tezkorligi va to'liqligi faqatgina u yoki bu sohada fanning rivojlanishigagina bog'liq emas, balki yutuqlarning amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog'liq. Bularni to'la yoritib borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hujjatlar mazmunini turlicha yo'nalishda, shaklda ochib berish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan axborot beruvchi kundalik ilmiy-yordamchi qo'llanmalar - bibliografik axborot, referativ axborot va sharhli axborotlardir. Ular, asosan, oylik, kvartallik yoki yarim yillik davomli nashrlar ko'rinishida bo'ladi. Bibliografik axborot- hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma'lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko'rsatkichdir. Uning vazifasi tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to'la axborot berishdan iborat. Axborot mavzusi muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning turlari bo'yicha ham tartibga solinadi. Referativ axborot - referativ jurnal, ilmiy-axborot to'plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Unda axborot-hujjatlar haqidagi ma'lumotlar referatlar shaklida beriladi, hajmi va berilayotgan ma'lumotlar soni bilan boshqa turlardan farq qiladi. Referativ jurnal- bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko'rinishidagi vaqtli nashr. U materiallarni to'la beradi, birinchi galda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Referativ to'plam-aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig'uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr. Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborot ham beriladi. Ekspressaxborot - vaqtli referativ nashr bo'lib, u xorijda va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materiallar haqida tanlangan asosda ma'lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi iste'molchilarga tezkorlik bilan ma'lumot berish. Sharhli axborot- bir yoki bir necha bibliografik sharhni o'zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an'analarni aks ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga