Maxtumquli ijodi Reja: Maxtumquli hayoti va ijodi. Shoir she'riyatining g'oyaviy-estetik xususiyatlari. Shoir she'rlarining o'rganilish tarixi. Maxtumquli merosi. Maxtumquli hayoti va ijodi. Ulug' turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli 1733 yili Atrek daryosi bo'yidagi Xojigovshan ovulida tug'ilgan. Uning ilk ustozi Ozodiy taxallusi bilan she'rlar yozgan otasi Davlatmamad edi. Oilada xat-savodini chiqargan bo'lajak shoir taxminan olti yoshidan ovul maktabida - Niyozsolih mulla qo'lida o'qiy boshlaydi. O'tkir zehni va tirishqoqligi bilan o'quvchilar orasida alohida ajralib turgan Maxtumquli keyin Qiziloyoq (hozirgi Chorjuy viloyati, Xalach tumani) dagi Idris bobo madrasasida tahsilini davom ettiradi. So'ng Xivaning Sherg'ozixon madrasasida ilmini kamolga yetkazadi. Shuningdek bir muddat Buxorodagi Ko'kaldosh madrasasida ham o'qigani haqida rivoyatlar mavjud. Maxtumquli badiiy so'zni yuksak qadrlagan va ijodiy qobiliyatga ega ma'rifatli oilaga mansub. Atrek janubidagi viloyatda tug'ilgan bobosi (voqean, uning ismi ham Maxtumquli bo'lgan - shoirga bobosining otini berishgan) tirikchilik vajidan turkmanlarning gurko'z qabilasiga ish izlab keladi va urug' boshliqlaridan birining qo'lida yollanib ishlaydi. Ma'lum muddat o'tib, xujayin uni o'z jiyaniga uylantirib quyadi va u alohida xo'jalikning boshlig'iga aylanadi. Dehqonchilik qilish bilan birga, otga to'qim tikish, qamchi to'qish, yugan va ayil yasash orqali daromadini muttasil oshira borib, Maxtumquli Yonachi (to'qimdo'z) nomi bilan dovrug' taratadi. Bo'sh qolgan vaqtlarida u qo'shiqlar to'qigan va ulardan biri bizgacha yetib kelgan. Otasi Davlatmamad ham alohida qobiliyati bilan ajralib turar edi. U boshlang'ich ma'lumotini ovulda olib, so'ng Xiva madrasalarida o'qishini davom ettiradi. Ovulga kaytgach, bolalarni o'qitish bilan birga, qishloq xo'jaligi bilan shugullanadi. Agar bobosi uchun she'r to'qish shunchaki havas bo'lgan bo'lsa, otasi haqiqiy shoir bo'lib yetishadi. U Ozodiy taxallusi bilan ko'plab qo'shiq va g'azallar yaratadi. Uning qariyb 6 ming misradan iborat pand-nasihat mazmunidagi «Vaz'i Ozod» («Ozod vaz'i») nomli dostoni saqlanib qolgan. Bu asarlar Ozodiynng forsiy (vokean, u yaxshigina shohnomaxon bo'lgan) va turkiy adabiyotdan, xususan, Alisher Navoiy ijodidan yetarli darajada xabardorligini ko'rsatadi. Davlatmamadniig oilasi katta bo'lib, Maxtumquli uning uchinchi o'g'li hisoblanadi. Bo'sh vaqtlarida poda boqib, otasiga kumaklashgan Maxtumquli 9 yoshidan she'r mashq qila boshlaydi. Turkman xalqi tarixining eng notinch va og'ir davrida yashab o'tgan Maxtumquli oilaviy hayotda ham halovat topmadi. Chovdurxon boshchiligida Afg'onistonga vakil qilib junatilgan akalari Abdulla va Muhammadsafo dushmanlar tomonidan shafqatsiz o'ldiriladi. Katta xonadonning butun og'irligi Maxtumquli yelkasiga tushadi. U mudarrislik qilish, ota-bobosidan meros yonachilik kasbini davom ettirish bilan birga, temirchilik va zargarlik hunarlarini ham egallaydi. «Go'zal Sherg'ozi» she'ridan ma'lum bo'lishicha, u Xivada taxsil olayotgan davrida birin-ketin otasi va onasidan judo bo'lgan: Komil bo'lib, saranjomlik qilibman, Mashakkat-la ul padardan qolibman, Ka'bamdan ayrilib, judo bo'libman, Ketar bo'ldim, xush qol, go'zal Sherg'ozi! Maxtumquli ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
5.63 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
5.63 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: zip, doc