Maxtumquli she'rlari (she'riyati)

Maxtumquli she'rlari (she'riyati)

O'quvchilarga / Adabiyot
Maxtumquli she'rlari (she'riyati) - rasmi

Material tavsifi

Maxtumquli she'rlari Reja: 1. Kalomda ko'rganin so'ylar tilimiz, Axir, ajal ustidadir yo'limiz, 2. Maxtumquli-Valiy shoir 3. Maxtumquli o'z davrining iste'dodli shoiri. IYMONIM YO'LDOSH BO'LSA Dehistonning bayirinda Bodi saboni ko'rsam. Bahouddin, Mir Kulol, Zangi Boboni ko'rsam. Na'layni Arshga tojdir, Nomi olamga foshdir, Ikki jahon muhtojdir, Arab zabonni ko'rsam. Kelgan ketar shasht etib, Sayr etmas guzasht etib, Ko'ngil aytar: gasht etib, Olam-jahonni ko'rsam. Xizir kabi cho'llarda, Ilyos kabi ko'llarda, Kovus kabi tog'larda Yaxshi-yomonni ko'rsam. Maxtumquli Firog'iy XVII asr ma'rifiy she'riyatining buyuk darg'alaridan bo'lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma'rifatli siymo, orif oshiq, sohibi hikmat bo'lgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan she'riyatida pok islomiy ma'rifat ruhi gurkirab, yashnab turadi. Maxtumquli Turkmanistonning janubi-g'arbidagi Atrok daryosi sohillarida, ma'rifatli islomiy oilada dunyoga keladi. Otasi Davlatmand Ozodiy o'z davrining taniqli shoirlaridan bo'lib, uning she'riy kitobi hamda Va'zi Ozod nomli asari mavjud. Ozodiy ijodi, ayniqsa, Va'zi Ozod kitobi, chamasi, to'liq islomiy ruhda bo'lgani bois sho'ro davrida yetarli o'rganilmagan. Bu kitobda muallif ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodini yaxshi o'zlashtirgan, ayniqsa, Mahbub ul-qulub asaridan ta'sir olgan adib sifatida namoyon bo'ladi. Davlatmand Ozodiy shunchaki shoir emas, balki zamon allomasi, taqvo va ma'rifatahlining peshvosi, avliyoi barhaq ekanini Maxtumqulining bir necha marsiyasidan anglash mumkin. Shoir otasi haqidagi marsiyada yozadi: Molu davlatlarga ko'ngil qo'ymadi, Bu jahonning ishratini suymadi, Eski sholdan ortiq po'shish kiymadi, Oxirat uyi bo'ldi qasdi otamning. Munkir bilmas, muxlislarning shakki yo'q, Payg'ambar dastidir dasti otamning satrlari hazrati Rasululloh (s.a.v.)ning: Kimki bir olim kishini hurmat qilsa, muhaqqaq, u meni hurmat qilgan bo'ladi hamda: Har bir muttaqiy olim mening ahli baytimdandir degan muborak hadisi shariflariga asoslangan. Nuqabo der: uch yuz eran ko'rishdi, Chiltanda otamga nazarim tushdi, Nujabo borsam, hafttanlarga qorishdi, Abdollardir chin payvasti otamning. Maxtumquli otasi singari boshlang'ich ta'limni qishloq maktabida oladi. Keyin Markaziy Osiyoning ulkan madaniyat va ilm-fan markazlaridan bo'lmish Ko'hna Xiva shahrida, Sherg'ozixon madrasasida o'qiydi. Qiziloyoq ovulidagi (hozirgi Chorjo'y viloyati, Xalaj tumani) Idris Bobo madrasasida bir qancha vaqt ilm oladi. U Buxoroi sharifdagi Ko'kaldosh madrasasida ham ta'lim olgan. Maxtumquli uch yil o'qib, muhim ilmlarni o'zlashtirib, Qur'oni karimni xatm qiladi, o'zi aytganidek, dili ochiladi, oq-qorani, haq-nohaqni, do'st-dushmanni ajratadigan bo'ladi. Yosh olim madrasa bilan xayrlashuv she'rida shukrona tuyg'ularini bunday ifoda etadi: Haqdan bizga buyruq - farz erur bilim, Senda ta'lim oldim, ochildi dilim, Kelsin deya kutar ul Karkaz elim, Ketar bo'ldim, xush qol, go'zal Sherg'ozi. Ajratarman endi oqu qaroni, Do'st-raqib, qardoshim, Haqni, yoronni, O'qidim, ko'tardim Kitob - Qur'onni, Ketar bo'ldim, xush qol, go'zal Sherg'ozi. Shoir she'r ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 70.39 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 70.39 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga