Mazmun va shakl tema va g'oya

Mazmun va shakl tema va g'oya

O'quvchilarga / Adabiyot
Mazmun va shakl tema va g'oya - rasmi

Material tavsifi

Mazmun va shakl tema va g'oya Reja: Badiiy asar - yaxlit va betakror olam Badiiy mazmun Adabiy - badiiy shakl Mazmun va shaklning o'zaro aloqasi Tayanch tushunchalar: Badiiy asar-yaxlit olam. Mazmun-asarda aks etgan badiiy parcha. Shakl-mazmunning libosi. Ularning bir-biriga o'tishi. Mazmun va shakl - birbutunlik. Badiiy ijod jarayonini ko'pincha ayolning boshqorong'i bo'lishi, homila ko'rishi va tug'ishiga o'xshatishadi. Buning asosi bor. Obraz ham amalga keladi, oy-kun, vaqti-soati yetiladi va oxiri tug'iladi. Shuning uchun ham Mirmuhsin Yozuvchi uchun hamma asari ham farzandidek aziz shaxsan men uchun Degrez o'g'lihayotimning yaxlit bir bo'lagi1, - deb yozadi. S.Ahmad Mening jiddiy hikoya yozishim xuddi ayol kishining ko'z yorishidek azobli bo'ladi2, - deb ta'kidlaydi va ikkinchi bir o'rinda Oy-kuni yaqin ayolning ikki yo'l o'rtasida turipti, deyishadi. Ayol yo bola tug'adi, yo halok bo'ladi Ana shunday azoblar bilan bola tuqqan xotinlar bor Yozuvchi ham xuddi shu onaga o'xshaydi1, - deya o'z dahlsiz dunyosi bilan tanishtiradi. V.G.Belinskiy ham o'zining Yevgeniy Onegin tahliliga bag'ishlangan 5-maqolasida: Ona chaqaloqni qornida paydo bo'lishidan to oy-kuni yetguncha saqlaganidek, san'atkor ham o'zida poetik fikrning urug'i(homilasi)ni paydo qiladi, oy-kuni to'lgancha saqlaydi; ijod jarayoni bola tug'ish jarayoniga monanddir va bu jismoniy hodisaning ma'naviy azoblari san'atkor uchun begona emas2, - deb badiiy ijod yakuni bilan bola tug'ilishi o'rtasidagi moslikni alohida qayd etadi. Oddiy tug'ish - bola kindigining kesilishi bilan tugaydi. Kindikning kesilishi bilan u ona organizmidan ajraladi va mustaqil hayotga qadam qo'yadi. U endi garchi ota-ona bilan aloqasini uzmasa-da (chunki shulardan tug'ilgan va shular tarbiyasida bo'ladi), endi u yaxlit, jonli vujud, mustaqil va o'zigagina xos bo'lgan hayotning egasidir. Xuddi shu jarayon kabi badiiy ijodda ham Kindikni kesish - obrazni o'zdan (muallifdan) ajratish holati mavjud. Bu ijodning mohiyatini belgilovchi va ochuvchi asosiy nuqtadir. Aytmoqchimizki, obraz san'atkorning ongi va qalbida tug'ilgan bo'lsa ham, adabiy asar sahifasiga qadam qo'yar ekan, u mustaqillik kasb etadi, o'zgacha yashash huquqini qo'lga kiritadi. U yozuvchi xayoli, tasavvuri, tajribasi, xotirasi, talantining mevasi (masalan, L.Tolstoy aytgan ekan: Anna Karenina ham mening bir bo'lagimdan bino bo'lgan) va ayni paytda, yozuvchiga o'xshamaydigan, uning hayot yo'lini takrorlamaydigan (mas., L.Tostoy - Anna Karenina emas) obyektiv o'zgacha dunyoning, obyektiv o'zgacha qalbning jonli egasidir, o'ziga biqiq bir olamdir (V.Belinskiy). Xuddi shunday olamlarning o'zaro munosabatlari tasviridan - bo'lishi mumkin bo'lgan hayotning yaxlit, bir butun manzarasi gavdalanadi - badiiy asar dunyoga keladi. Badiiy asar va undagi qahramonlar - barkamolligi bilan birdaniga ishga kirishadi: kuchli hayajon va zavq uyg'otish orqali kitobxonning fe'l-atvorini, dunyoqarashini, xatti-harakatini - ruhiy va tashqi olamini o'zligi bilan boyitadi, poklaydi va ezgulikka, insoniylikka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 66.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 66.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga