Metodologiyaning adabiy tanqiddagi o'rni va ahamiyati

Metodologiyaning adabiy tanqiddagi o'rni va ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Metodologiyaning adabiy tanqiddagi o'rni va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Metodologiyaning adabiy tanqiddagi o'rni va ahamiyati Reja: 1 Adabiy tanqidning metodologik asoslari 2. Metodologiyaning adabiy tanqiddagi o'rni va ahamiyati Ma'lumki, adabiy tanqid adabiyotshunoslikning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Adabiy tanqid fan sifatida adabiyotshunoslik ilmining asosiy yo'nalishlari doirasida faoliyat yuritadi, badiiy asarni, adabiy jarayonni tadqiq etadi, muayyan ilmiy xulosalar chiqaradi. Shu jihati bilan adabiy tanqid, bir tomondan, adabiyotshunoslikning boshqa tarkibiy qismlari (adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, fundamental tadqiqotlar va xokazo) bilan mushtarak qonuniyatlarga amal qilsa, boshqa tomondan, o'ziga xos xususiyatlarga xam egadir. Bu o'ziga xoslik, avvalo, badiiy asarni tadqiq etish usuli va uslubiy individuallik bilan belgilanadi. Ayni holat adabiy tanqid metodologiyasining o'ziga xos tamoyillarga ega bo'lishini taqoza qiladi. Metodologiya muammolariga bagishlangan turli darslik va qo'llanmalarda, tadqiqotlarda uning ikki jihati alohida farqlab ko'rsatiladi: a) metod haqidagi ta'limot; b) nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etishning tamoyil va usullari majmuasi. Shuningdek, metodologiyaga ilmiy izlanish nazariyasi va amaliyoti haqidagi ta'limot sifatida xam urgu beriladi. Binobarin, metodologiya, mutlaqlashtirilmagan va ideallashtirilmagan holda, inson tasavvuri va tafakkuri kashf etgan barcha ilmiy-ijodiy kashfiyotlarni tadqiq etishning turli xil vosita va usullari majmuidir. Demak, ilm-fan, adabiyot va san'atning barcha turlari va janrlariga mansub asarlar muayyan metodologik tamoyillar asosida tadqiq va talqin etiladi. Xar qanday sohaning metodologik tamoyillarini aniq belgilash mazkur sohaning metodologik asoslarini topish demakdir. Biroq yuqorida keltirilgan ta'riflar metodologiyaning barcha jihatlarini to'liq qamrab olgan, deyish qiyin. Unda asosiy e'tibor ilmiy bilish metodlariga qaratiladi. Vaxolanki, ilmiy bilish metodlari, umumiy va xususiy tadqiq usullari nisbatan kam o'zgaruvchan bo'lib, albatta, birinchi galda uning mohiyati, mazmun doirasi islohga muhtoj bo'ladi. Shunga ko'ra ilm-fandagi yangilanish, eng avvalo, tafakkurdagi, demakki, dunyoqarashdagi evrilishlar bilan bog'liq jarayondir. Binobarin, metodologiya deganda faqat metodlar va ularning nazariyasi haqidagi ta'limot nazarda tutilmaydi, balki ilmiy konsepsiyani yangilovchi, ilmiy g'oyalar tizimini shakllantiruvchi, muammolarni belgilovchi, yo'nalishlarni aniqlovchi va shu asnoda fundamental tadqiqotlarga yo'l ochib, nazariy umumlashmalar qilishga zamin hozirlaydigan jarayon xam anglashiladi. Zero, metodologiya ma'lum qoliplarga solingan, qotib qolgan nazariyalar yig'indisi emas, balki inson tafakkuri, dunyoqarashidagi evrilishlar, yangilanishlar bilan to'ldirilib boriladigan amaliy faoliyatdir. «Metodologiya-dunyoqarash va fundamental nazariy konsepsiyalar, eng umumiy qonun va kategoriyalar, umumiy va xususiy ilmiy metodlar kabi komponentlarni birlashtiruvchi integral hodisalir». Binobarin, eng avvalo, inson tasavvuri va tafakkuri, dunyoqarashi yangilanmay turib ilm-fanda xam yangilanish yuz berishi mushkil. Bu xol, ayniqsa, ijtimoiy fanlar, shu jumladan, adabiy tanqid uchun xam xarakterlidir. Shunga ko'ra, avvalo, xar bir sohaning, chunonchi, adabiy tanqidning metodologik asoslarini aniqlash uning nazariy va amaliy faoliyatini o'rganishning muhim bosqichidir. Adabiy tanqidning nazariy va amaliy faoliyatiga doir tadqiqotlarda adabiy tanqid bilan adabiyot nazariyasi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 470.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 470.36 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga