Mirmuhsin - rasmi

Material tavsifi

Mirmuhsin (1921-2005) 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 9-mavzu Shoir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yilning 3-mayida Toshkent shahrining Qo'rg'ontegi mahallasida kulol oilasida tug'ildi. O'rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedagogika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi. Bo'lajak yozuvchi 1944-1946-yillarda Respublika radio qo'mitasida muharrir, 1947-1961-yillar oralig'ida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yildan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. . 1961-1963-yillarda «Qizil O'zbekiston» gazetasida bo'lim mudiri, 1963-1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh muharriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1982-1994-yillarda «Guliston» jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yilda «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan she'r va hikoyalar to'plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qamar » nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo», «Qadrdon do'stlar», 1951-yilda «Farg'ona», 1952-yilda «Vatandoshlar», 1959-yilda «Irmoqlar», 1960-yilda «Qalb va falsafa», 1964-yilda «She'rlar» nomli she'riy kitoblari bosilib chiqqan. Shoir bir qator dostonlar ham yaratgan. Chunonchi, «Usta G'iyos» (1946), «Do'nan», «Yashil qishloq» (1948), «Shiroq» (1969), «Nevara», «Avesto» (1970) singari dostonlarida qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy to'qnashuv va kurashlar asosida ko'rsatib berilgan. Mirmuhsin - o'zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan «Ziyod va Adiba» ilk she'riy romanining muallifi. Yozuvchining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar to'plami va 1979-yilda chop etilgan «Chodrali ayol» qissasi chet ellardagi kishilar hayotini ko'rsatishga bag'ishlangan. She'riyat hamda kichik nasriy janrlar bo'lmish hikoya va qissachilikda muayyan tajriba orttirgan Mirmuhsin keng qamrovli roman janrida ham qalam tebratdi. Mirmuhsin ijodiy umrining barcha davrida ham bolalar uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O'roqboy» singari turli janrlardagi asarlarida bolalarning o'ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan. Mirmuhsin uzoq yillik ijodiy faoliyati uchun 1974-yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti, 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. Adibga 1981-yilda «O'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Me'mor (Romandan parcha) Iste'dodli me'mor, muhtasham imoratlar qurib, go'- zallik yaratishdan boshqa narsani o'ylamaydigan ijodkor Najmiddin Buxoriy temuriy hukmdor Shohrux zamonida Hirot shahriga kelib, boshkentning obodligi yo'lida ulkan ishlar qiladi. Hayotning chigalligi hamda adolatsizlik qurish va yaratishdan o'zgani bilmaydigan oliyjanob me'mor boshiga ko'pgina ko'rguliklar soladi. Uning yolg' iz o'g'li Nizomiddin saltanatga yov bo'lgan guruh larga qo'shilib, Shohruxga suiqasd qilgan lardan biri sifatida qo'lga olinib, qatl etiladi. Endi buxo riy larning Hirotda qolishi mumkin emasdi. Quyi dagi parchada boshiga ulkan baxtsizlik tushib, ota yurtiga qaytayotgan me'mor Buxoriy kechirgan voqealar tasvir etiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga