Mirtemir - rasmi

Material tavsifi

MIRTEMIR Reja: Shoirning hayot va ijod yo'li. Mirtemirning she'riy asarlarida xalqona ohanglar jozibasi. Qoraqalpoq daftari o'zbek she'riyatining yangilanish darakchisi. Surat lirik qissasi XX asr o'zbek dostonchiligining noyob namunasi sifatida. Mirtemir o'z ijodi bilan o'zbek she'riyatidagi realistik yo'nalishni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan, hozirgi zamon o'zbek adabiyoti tarixidan milliy shoir sifatida mustahkam o'rin egallagan ijodkor. U 1910-yili, bug'doy o'rog'ida, Turkiston shahriga qarashli Iqon qishlog'ida dunyoga keldi. O'z qishlog'ida xat-savodini chiqargach, o'n bir yoshida Toshkentga keladi. Almoiy nomidagi ish maktabiga joylashadi. Oradan ikki yil o'tgach, yangi shahardagi O'lka o'zbek bilim yurtiga o'qishga kirdi. Mirtemir bilim yurtida o'qib yurgan kezlarida she'riyatga qiziqib, 1926-yilda yoshlar gazetasida Tanburim tovushi degan dastlabki she'rini e'lon qildi. 1928-yili esa uning nomini yoshlar orasida mashhur qilgan. Shu'lalar qo'ynida degan ilk she'rlar to'plami nashr etildi. 1929-yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o'qishga kiradi. Bu yillarda uning Zafar (1929), Qaynashlar, Kammuna, Bong (1932) singari to'plamlari ketma-ket nashr etilgan, she'riyat muxlislari o'rtasidagi shuhrati tobora ortib borayotgan Mirtemirni ko'ra olmagan ayrim shoir va tanqidchilar uning feodal oilada tug'ilgani, ocherklarida Cho'lpondan ko'chirmalar keltirgani va boshqalar haqida matbuotda childirma chaladilar. Xasadchilarning yosh shoirga qarshi boshlagan xurujlari natijasiz qolmaydi. NKVD xodimlari 1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar Mirtemirni Samarqandda qamoqqa oladilar. U Quyliqdagi mehnat-tuzatish lagerida ekanligida jajji qizi ham onasi ham vafot etadi. 1934-yilning o'rtalarida Moskvadagi Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva-Volga kanali qurilishida ishlaydi. (Uning qurilish hayotidan olingan Nomus dostoni shu yerda yozilgan). Yosh shoir 1935-yilning boshlarida afv etilib, ona yurtiga qaytadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Mirtemir O'zbekiston radio qo'mitasi (1941) va O'zbekiston Davlat nashriyotida (1942) Muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943-44), uyushmasida adabiy maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir vazifalarida xizmat qiladi. Mirtemirning adabiy merosi she'riyat, dramaturgiya (Birinchi prezident pyesasi), publisistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjima asarlarini o'z ichiga oladi. Lirik she'riyat shoir qalbining kundaligidir. 30-yillarning ikkinchi yarmida shoir qalami she'rdan she'rga charxlanib boradi. Mirtemir shu yillari she'riyatni oziqlantiradigan qudratli manbalardan biri xalq ijodiyoti ekanini o'qib oladi va xalq poeziyasini chuqur o'rganishga kirishadi. Bu esa, uning she'rlariga yangicha ruh, yangicha rang bag'ishlaydi. U ko'pgina she'rlarida xalq qo'shiqlarining shaklini, qofiyalar va radiflar tartibini, ichki kompozitsion qurilishini, ritmikasini o'zlashtirib, ularni deyarli o'zgartirmagan holda yangicha mazmunni ifodalaydi. Qo'shiqlar, Ko'zlarim yo'lingda, Bo'sasi qand kabi she'rlar shular jumlasidandir. Shoirning harbiy lirikasida dastavval ko'zga tashlanadigan xususiyat yovuz dushmanga nafrat va muqaddas vatanga muhabbat tuyg'ularini bor ovoz bilan hayqirib aytishdir. Urushning ilk kunlaridanoq foshizmning mohiyatini fosh qiluvchi Vabo she'rini yozadi. Shoir tinch hayot sukunatini buzgan yovni vabo deb aytadi, uning vahshiy qiyofasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga