Hammamizga ma'lumki, 2011 o'quv yilidan boshlab o'quvchilarni bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida bilimlar bellashuvi o'tkazila boshladi. 2014 yilda o'tkazilgan monitoringda Bilimlar bellashuvi natijalari tahlil etilib, o'quvchilarning qiyin o'zlashtirgan mavzulari fanlar kesimida aniqlandi va ro'yxat shakllantirildi. Jumladan, 8-sinflarda ham ona tili va adabiyot fanidan bir qator mavzularda o'quvchilar uchun bo'shliqlar aniqlandi. 8-sinfda Maqsyd Shayxzodaning Mirzo Ulug'bek fojiasi qahramonlarga tavsif mavzusi bo'yicha yaratilgan dars ishlanmada adibning astronom, matematik, shoh va olim, ma'rifatparvar shaxs Mirzo Ulug'bek haqidagi qarashlari keng ko'lamda ochib berilgan. Mirzo Ulug'bek fojiasida Ulug'bek qahramoni adabiyotimiz tarixida 60 yillar Dramatik poeziyaning oliy bosqichi va gultoji hisoblanuvchi fojiyaning haqiqiy va barkamol yangi namunasini berganligi bilan alohida ajralib turadi. Shayxzodaning tarixiy mavzudagi Mirzo Ulug'bek she'riy fojiasi ana shunday baqquvvat asar bo'lib u dramaturgiyamizning yuksakliklarga dadil parvoz qilganligiga jonli govoh bo'la oladi. Shayxzoda o'zbek xalqi tarixida salmoqli rol o'ynagan Movarounnahrdagi ulkan davlat podshosi Shohruhning o'g'li, Jahongir Amir Temurning nabirasi ulug' astronom va riyozatchi olim Ulug'bek obrazini aniq va haqqoniy gavdalantirib berdi. Fojiada adib tarixiy shaxslar obraziga hamda to'qima obrazlarga alohida e'tibor qaratgan va ana shu qahramonlar qiyofazida ilm-ma'rifatni, ota va o'g'il munosabatlarini, ustoz va shogird o'rtasidagi haqiqiy insoniy fazilatlarni to'la ochib bergan. Shuningdek, bugungi yosh avlodlarni ilm-hunarga bo'lgan qiziqishlarini orttirish ularning ma'naviy qarashlarini yuksaltirishga yordam beradigan jihatlar qahramonlar siymosida gavdalantirilgan. Ushbu dars ishlanma ilmiy ma'lumotlarga tayangan holda yaratilgan. Qarshi shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli ona tili va adabiyot fani metodisti: H.Amirqulova Adabiyot 8- sinf Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi. Darsning bosqichlari tashkiliy qism (3 daqiqa) 2. Savol-javob asosida o'tilgan mavzuni takrorlash (8 daqiqa) 3. Zakovat o'yini. (6 daqiqa) 4. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa) 5. Yangi mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa) 6. Baholash (1 daqiqa) 7. Uyga vazifa (2 daqiqa) Mavzu: Mirzo Ulug'bek fojiasidagi qahramonlarga tavsif Darsning maqsadi: a) Ta'limiy maqsadi: Mirzo Ulug'bek fojiasidagi qahramonlarga tavsif berish. b) Tarbiyaviy maqsadi: Ona vatanga hamda ona tiliga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash. Buyuk ajdodlar ruhiga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash. c) Rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish hamda mavzu yuzasidan o'quvchialrning mantiqiy fikrlashini, og'zaki nutqini o'stirish. Darsning jihozi: Darslik, Maqsud Shayxzoda ijodiga oid adabiyotlar, yozuvchi surati, tarqatmalar, Mirzo Ulug'bek tragediyasi kitobi, Mirzo Ulug'bek hayotiga oid adabiyotlar. Darsning uslubi: Savol-javob, bahs-munozara, topqirlik, innovatsion texnologiyalardan Zanjir o'yini asosida. Darsning shiori: Kuch bilim va tafakkurda Darsning borishi: I-tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Tozalikka e'tibor qaratish. 4. Guruhlarda ishlash. Dars rejasi 1. Maqsud Shayxzodaning Mirzo Ulug'bek targediyasi haqida ma'lumotlar. 2. Yozuvchining ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.84 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.84 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx