Mixail Lomonosov

Mixail Lomonosov

O'quvchilarga / Adabiyot
Mixail Lomonosov - rasmi

Material tavsifi

Mixail Lomonosov Lomonosov Arxangelsk gubernasining Denisovka qishlog'ida pomor-dehqon oilasida tug'ildi. Ma'lumot olish maqsadida yosh Lomonosov 1730 yilning oxirida piyoda Moskvaga qarab yo'l oldi. Bu yerda u o'zini dvoryanni o'g'li deb tanitib, 1731 yilning yanvarida Moskva Slavyan-grek-lotin akademiyasiga o'qishga kirdi. Lomonosovning ilmiy faoliyati o'sha davrdagi tabiiy va gumanitar fanlarning barcha problemalarini qamrab olgan edi. A.S.Pushkinning obrazli ta'biricha, M.V.Lomonosov bizning birinchi universitetimiz edi. Lomonosov Universiteti 1746 yilda u birinchi bo'lib rus tilida fizikadan ommaviy leksiyalar o'qiy boshladi, o'sha vaqtdayoq X.Volfning Eksperimental fizika asarining qisqartirilgan bayoni tarjimasini nashr qildi. 1748 yilda uning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi ximiya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi ochildi, unda Lomonosov o'zining fizika va ximiyaga oid tadqiqotlarini olib bordi. Rossiyada ma'rifat tarqatish to'g'risida g'amxo'rlik qilib, Lomonosov aholining barcha tabaqalari uchun ochiq bo'lgan universitet yaratishni talab qildi. Lomonosovning ko'p urinishlaridan so'ng 1755 yilda uning loyihasi bo'yicha hozir M.V.Lomonosov nomi bilan Moskva universitet tashkil topdi. Eyler Leonard (1707-1783). Matematik,mexanik,fizik va astronom. Lomonosov energiyaning saqlanish qonuni asoschilaridandir: Tabiatdagi barcha o'zgarishlar nimaningdir biror xislati qancha ortishi,boshqasining shu xislati shuncha kamayashi tufayli sodir bo'ladi. Lomonosovning Eylerga yuborgan maktubidan (1748y) Mexanikaga oid ishlari Molekulyar-kinetik nazariya asoschisi. Lomonosov qat'iy ishonch bilan a t o m i s t i k a ni alohida-alohida favqulodda kichik zarralardan tashkil topgan materiyaning uzlukli (donador) tuzilishi haqidagi ta'limotni himoya qildi. U materiyaning zarralari ikki shaklda: atom («element») va atomlarning qandaydir (yopiq sistemasi bo'lgan molekula (korpuskula) ko'rinishida bo'lishi to'g'risidagi tasavvurni rivojlantirdi. Lomonosov molekulyar-kinetik nazariya asosiga materiya va harakatning saqlanish haqidagi ta'rifini asos qilib oldi: Tabiatda bo'ladigan barcha o'zgarishlar, mohiyati jihatidan shunday bo'ladi-ki, bir jismdan qancha nima olinsa, shuncha boshqa jismga qo'shiladi Bu eng umumiy tabiiy qonun harakat qoidalariga ham taalluqli: chunki o'z kuchi bilan boshqa jismni harakatlantirayotgan jism o'zidan harakatlanayoggan jismga qancha kuch berayotgan bo'lsa. o'zidan shuncha kuch yo'qotadi. Lomonosovning Issiqlik va sovuqlikning sabablari haqida mulohazalar (1744) asarida bayon qilingan issiqlikning molekulyar harakat ekanligi haqidagi ta'limoti o'sha davr fanidan yuz yil ilgari o'tgan ulkan yutuq edi. Lomonosov birinchi bo'lib absolyut nol temperatura mavjudligini aytgan,Boyl Mariot qonunini kinetik energiya nuqtai nazardan isbotlagan. Kimyoga masa tushunchasini kiritib,shisha idishlarga mahkamlangan metllarni qizdirish orqali ularning massasini oshirish to'g'risidagi fikrni xato ekanligini isbotladi. Sistemaning boshlang'ich ko'rinishi. Sistemaning oxirgi ko'rinishi. M.V.Lomonosov atmosferadagi elektrni o'rganishga katta e'tibor berdi, bu tadqiqotlarni u G.V.Rixman bilan birgalikda olib bordi. U birinchi bo'lib,elektr va yorug'likning bog'liqligi fikrini bildiradi,qutb yog'dusining fizik tabiatini atmosfera elektr manbaining vertikal oqimi sifatida tushuntiradi. M.V.Lomonosov optik tadqiqotlar ham olib bordi. U «tunda ko'radigan trubani kashf qildi, bu asbob predmetlarni oqshomda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga