Mohlaroyim Nodira

Mohlaroyim Nodira

O'quvchilarga / Adabiyot
Mohlaroyim Nodira - rasmi

Material tavsifi

1792-1842 1792 yil Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug'ildi. Sharq mumtoz adabiyotini jiddiy o'rgandi, she'rlar mashq qilib, yoshligidayoq shoira sifatida tanildi. 1808 yil Qo'qon xoni Norbo'tabiyning o'g'li Umarxon bilan oila qurdi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sultonmurodxon ismli o'g'illar tarbiyaladi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she'rlar yaratgan Amir Umarxon 1822 yil vafot etib, umr yo'ldoshi Nodirani yolg'izlatib ketdi. Aytishlaricha, Umarxon o'zi uylanadigan qizni go'zal, oqila bo'lishidan tashqari, she'riy qobiliyati bo'lishini ham istagan ekan. Dastlab Umarxon Nodira bilan uchrashganda uning she'riy iqtidori yo'qligi uchun rad qilgan ekan. Nodira Uvaysiy ustozligida yaxshigina she'rlar yoza oladigan bo'libdi. Bir mushoirada Umarxon aytgan baytga Nodira darhol javob qaytargan ekan. Uning iste'dodini ko'rgan Umarxon Nodiraga uylanibdi va ular baxtli hayot kechirgan ekan. Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Nodira va Umarxonning orasida gap qochibdi. Umarxon Nodiraga: O'zingizga yoqqan narsani olib, Marg'ilonga ketishingiz mumkin, - debdi. Kechqurun Umarxon qo'qon aravaning ovozidan uyg'onib ketadi. Qarasa, o'zi qo'qon aravada yotgan emish. Shunda Umarxon: -Bu ne holat? - deb so'raganda. Nodira: -Siz menga o'zingizga yoqqan narsani olib ketishingiz mumkin, degan edingiz, mana men o'zimga yoqqanini olib ketayapman, - deb javob bergan ekan. Mohlaroyim badiiy ijod bilan astoydil shug'ullandi. Nodira, Maknuna, Komila taxalluslari bilan she'rlar yozdi. Mukammal devon yaratishga muyassar bo'ldi. Amir Umarxon vafotidan keyin Nodira davlat ishlarida ham bosh-qosh bo'ldi, bu borada o'g'li Muhammadalixonga homiylik qildi. U umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. 1842 yili Qo'qon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan qatl etildi. Nodiraning jasadi Daxmai shohon qabristoniga dafn etiladi. Man'i muhabbat na qilursan manga Ramzi haqiqat erur ishqi majoz Na gul sayr ayla, na fikri bahor et, Jahondin kech, xayoli vasli yor et, Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et. 1822 yildan Nodira ijodining 2-davri boshlanadi. Bu davrda yaratilgan she'rlarida shoira bolalarining hayotidan bevaqt ketgan otasini qumsayotgan, hech bo'lmasa, tushida yana bir bor ko'rishni orzu qilayotgan mushtipar ona qiyofasini, mahrum yeri ruhini shod etishga intilayotgan sadoqatli ayol chehrasini ko'rish mumkin: Nigori gulbadanimi tushimda ko'rsam edi, Labi shakar shikanimni, tushimda ko'rsam edi. Muashshar tarzida yozilgan. Har biri o'n misradan iborat o'n bandda jami yuz satr mavjud. Bosh motiv - hijron iztiroblarining kuchli izohi. G'oyaviy ruhi -1) asar vaznining uzunligini, ya'ni ramali musammani mahzufmi; 2) bandlarning katta-katta, ya'ni har biri o'n misradan iborat bo'lishi. G'am-kulfat, hijron azoblari ifodasi uchun shunday bosiq ohang zarur edi. Bu - muashshar: Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.65 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.65 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga