Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy - rasmi

Material tavsifi

Muhamad Aminxo'ja Muqumiy ( 1850 - 1903) Shoirning hayoti va faoliyati: Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li Muqumiy 1850 yilda Qo'qonda novvoy oilasida tug'ildi. Otasi Mirzaxo'ja asli toshkentlik, onasi Bibioysha xo'jandlik bo'lgan. Ular to'rt qiz va bir o'g'il ko'rganlar. Qizlarning ismlari Tojinisa, Ulug'bibi, Saydniso hamda Mexriniso edi. Muhammad Aminxo'janing onasi bibioysha adabiyot va san'atni sevuvchi, so'zga usta ayollardan bo'lgan. Uni yaqindan bilgan o'rtoqlari Xumorbibider ekanlar Yosh Muhammad Aminxo'janing she'rga havas qo'yishida onasining xizmatlari katta bo'lgan. Bo'lajak shoir eski maktabda xat-savod chiqargach, 1864 yildan Qo'qon madrasalaridan birida o'qiydi. 1867 yilda onasi vafot etadi. Biroz vaqt o'tgach, Mirzaxo'ja Ziyodabibi ismli ayolga uylanadi. Muhammad Aminxo'ja 1872 - 1873 yillarda Qo'qon madrasasini bitirib, Buxoroga yo'l oladi. 1876 yilgacha Buxoro madrasasida o'qiydi. Shu yillari uni Sanambibi ismli qizga uylantirib qo'yadilar. 1877 yilda Muhammad Aminxo'ja Qo'qondagi yer qurilishi maxkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Shoir ayrim yer o'lchovchi amaldorlarning turli xiyla- nayranglarini ko'radi. Tanobchilar xajviyasini yozadi. So'ng Sirdaryo bo'yidagi Oqjar paromiga pattachi bo'lib ishga o'tadi. Bu yerdagi ahvol xam yoqmaydi. Uning Oqjar odamlari haqida yozgan muxamasida o'qiymiz: Kelganim ushbu makonga kiladur manga alam, Loyiqni tab yo'q odamki, desam xasratu g'am. Gaplashurga kishi yo'q ertadin oqshomg'acha xam, Kun sovuq, qora chiroq, go'rdek uya, o'tan kam. Chiqsam eshikka qilur to'rg'ayi chuldur-chuldur. Odamlar-chi? Kema vajxini demaslarki, beribon qutulay, Tarzi bir xiyla qilib, derki yuqumni yashuray, Bilsa sarkori, pocho!deb etagiga osulay. Iki pul ber yana buyruqqa qarab, - desa, degay: Na qilursan, chaqamiz yo'q, mana o'dur-o'ldur. Shoir Oqjarning ayrim shum, battol odamlarini xajv qiladi. Biroq u Oqjar paromida xam uzoq ishlay olmaydi. 70-yillarning oxirifayoq pattachilikni xam yig'ishtirib, Qo'qonga qaytadi. Ijodga berildi. Muqumiy taxallusida yozgan she'rlari bilan dovruq qozonadi. Ammo shoirning shaxsiy hayoti yurishmaydi. U Sanambibi Muqumiydan ajraldi, o'gli Akbarxo'jani onasi Ziyodabibiga qoldirib, boshqaga turmushga chiqib ketadi. Ko'p o'tmay, Mirzaxo'ja xam vafot etadi. Muqumiy 1887-188 yillarda Toshkentga keladi, ota qarindoshlari bilan uchrashadi. Amaiy, Nodim Namangoniy bilan tanishadi, ular bilan yaqindan aloqa bog'laydi. Shoir shu yillari og'ir iqtisodiy tanglikda yashagan. 1890 yilda otadan qolgan xovlini sotib, madrasa xujrasiga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Xatotlik hunari jonga oro kirgan. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko'chiqib, shundan keladigan daromad hisobiga kun o'tkazgan. Adabiyot va san'atni yaxshi ko'rgan davlatmand kishilar shoirga moddiy yordam berganlar. Shularning yordamida 1892-1899 yillarda ikki marotaba Toshkentga kelib ketgani ma'lum. 90-yillarning o'rtalarida Muqumiy taqdirning bir g'aroyiboti tufayli Moskvada Lazerov nomli jonli Sharq tillari institutida o'qib turgan jiyani Ro'ziMuhammad Do'stmatov (otasi xaj safarida o'lib qolganida yaxshi odamlar uchrab, tarbiya qiladilar va o'qishga yo'laydilar) bilan topishadi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.31 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.31 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga